AsosiyJamiyat

Qarshida aravachadagi chaqaloqning o`limiga sabab bo`lgan haydovchiga sud hukmi o`qildi

'Qarshida aravachadagi chaqaloqning o`limiga sabab bo`lgan haydovchiga sud hukmi o`qildi'ning rasmi

Qarshi shahrida yo`lning piyodalar o`tish joyidan kesib o`tayotgan ayolning aravachadagi farzandini urib yuborib, uning o`limiga sababchi bo`lgan avtomobil haydovchisiga sud hukmi o`qildi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

YTH joriy yilning 10 avgust kuni soat 21:10 larda shaharning Mustaqillik ko`chasida yuz bergandi. Haydovchi F.E. Nexia avtomobilida yo`lning piyodalar o`tish joyidan kesib o`tayotgan ayol va uning bolalar aravachasidagi hali bir yoshga ham etmagan farzandini urib yuborgan. Oqibatda bola og`ir tan jarohati bilan shahar shifoxonasiga yotqizilgan va ko`rsatilgan tibbiy muolajaga qaramasdan, shifoxonada vafot etgan.

Sud hukmi bilan haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o`limiga sabab bo`lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan aybdor deb topildi. Unga 2 yilu 6 oy muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinib, 6 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar