AsosiySport

IV para Osiyo o`yinlarida o`zbek taekvondochilari 2ta "oltin" olishdi

'IV para Osiyo o`yinlarida o`zbek taekvondochilari 2ta "oltin" olishdi'ning rasmi

Biroz muddat avval yoshlar o`rtasida kechgan IV Para Osiyo o`yinlarida para taekvondo bahslari o`z nihoyasiga etdi. 

Turizm va sport vazirligining xabar berishicha, erkaklar o`rtasida 44-klassda 3 nafar o`zbekistonlik sportchi ishtirok etgan va ularning barchasi shohsupaga ko`tarilgan.

Qayd etilishicha, sportchilar ikkita oltin hamda bitta bronza medalini qo`lga kiritishgan. Jumladan, -58 kg vazn toifasida Qudratillo Shonazarov hamda -70 kg vazn toifasida Asilbek Husanov oltin medalga ega chiqqan bo`lsa, -63 kg vazn toifasida Qudrat Haydarov bronza medaliga sazovor bo`lgan.

Eslatib o`tamiz, hozircha O`zbekiston delegasiyasi hisobida 6 ta oltin, bitta kumush hamda 4ta bronza medali mavjud.

Boshqa yangiliklar