Niderlandiya: Shanba kuni minglab odamlar ko`chalar bo`ylab hukumatning koronavirus tarqalishiga qarshi kurash choralariga norozilik bildirishdi. Uch hafta oldin Gollandiya hukumati qisman izolyasiyani joriy qildi: barlar, restoranlar va boshqa jamoat joylari, shu jumladan oziq-ovqat va zaruriy narsalarni sotmaydigan do`konlar soat 17:00 da yopilishi kerak.
Avstriya
Venada sanitariya choralariga qarshi namoyishlarga 1200 ga yaqin polisiyachi jalb qilingan. Bir necha kishi hibsga olingan. Namoyishchilar panjaralarni buzib, soqchilar ko`zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. Ulardan ikki nafari to`qnashuvda yaralangan.
Ispaniya
Shanba kuni Barselona markazida vaksinasiyaga qarshi minglab namoyishchilar yig`ildi. Ular Ispaniyaning Kataloniya avtonom viloyatida "sovid" pasportlarining joriy etilishiga qarshi chiqdilar. Ma`lumot uchun, Ispaniyada vaksinasiya tavsiya etilgan aholining tahminan 90% allaqachon emlangan.
Fransiya
Minglab tibbiyot va shifoxona xodimlari Parijda norozilik namoyishi o`tkazdilar. Ular poytaxt ko`chalari bo`ylab Sog`liqni saqlash vazirligi binosigacha yurib, davlat shifoxonalaridagi o`rinlar sonini qisqartirishni to`xtatish va sharoitlarni yaxshilashni talab qilishgan.
Dilbar Abdunabieva