sevimli
Sevimli

Namanganda para sport festivallari o`tkazildi (foto)

Sport 06.12.2021, 08:19
Namanganda para sport festivallari o`tkazildi (foto)

Namangan viloyatida 3 dekabr – Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni va 8 dekabr – O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo`lgan shaxslar o`rtasida "Sport xamma uchun" shiori ostida para sport festivallari o`tkazildi.

Norin, Namangan, Kosonsoy, Uchqo`rg`on tumanlari va Namangan shahri bo`ylab ommaviy tarzda tashkil etilgan musobaqalarda umumiy hisobda 1 mingdan ziyod jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo`lgan shaxslar qamrab olindi, deya xabar bermoqda Turizm va sport vazirligi.

Qayd etilishicha, musobaqa ishtirokchilari karate, futbol, gandbol, stol tennisi, shaxmat-shashka, badminton va suv sporti turlari bo`yicha o`zaro baxslashishgan.

Yakunida tashkilotchilar tomonidan har bir ishtirokchi uchun alohida esdalik sovg`alari taqdim etilgan.

Шарҳлар