Sevimli

Mirziyoev Sadir Japarovga qo`ng`iroq qilib, tavallud kuni bilan tabrikladi

Jamiyat 06.12.2021, 09:25
Mirziyoev Sadir Japarovga qo`ng`iroq qilib, tavallud kuni bilan tabrikladi

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qirg`iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbari Qirg`iziston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog`lik, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar, birodar qirg`iz xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot kotibi.

Qayd etilishicha, etakchilar O`zbekiston va Qirg`iziston o`rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta`kidlashgan.

Шарҳлар