AsosiyJamiyat

Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi sektorida "iqlimga optimal moslashgan" tizim joriy etiladi

'Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi sektorida "iqlimga optimal moslashgan" tizim joriy etiladi'ning rasmi

Qishloq xo`jaligi vazirligi, Evropa Ittifoqining O`zbekistondagi delegasiyasi va BMT Taraqqiyot dasturining O`zbekistondagi vakolatxonasi o`rtasida "Agro-oziq-ovqat sektorida yashil iqtisodiyotga inklyuziv o`tishni qo`llab-quvvatlash va qishloq  xo`jaligida bilimlar va innovasiyalarning iqlimga moslashgan tizimini rivojlantirish" loyihasini amalga oshirish bo`yicha hujjat imzolandi.

Vazirlikning ma`lumotiga ko`ra, loyiha budjeti 4 150 000 evroni tashkil etadi, amalga oshirish muddati esa 2025 yil 30-sentyabrgacha.

Loyihani imzolash marosimi Qishloq xo`jaligi vazirligida qishloq xo`jaligi vaziri Jamshid Xodjaev, Evropa Ittifoqining O`zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian va BMT Taraqqiyot Dasturining O`zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska ishtirokida bo`lib o`tgab

"Yangi loyiha oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi sektorida yashil iqtisodiyotga inklyuziv o`tish va qishloq xo`jaligida bilimlar va innovasiyalarning "iqlimga optimal moslashgan" tizimi ((UAKIS)ni joriy etishga hissa qo`shishga qaratilgan",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar