sevimli
Sevimli

“O`zbekneftgaz”: “AI-98” rusumli avtomobil benzinining birinchi partiyasi sotuvga chiqarildi

Jamiyat 06.12.2021, 09:52
Теглар: “O`zbekneftgaz”
“O`zbekneftgaz”: “AI-98” rusumli avtomobil benzinining birinchi partiyasi sotuvga chiqarildi

2021 yilning 2 dekabr kuni O`zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining ertalabki sessiyasida Toshkent shahrida joylashgan “ITP INTER TOPFULL PETROL” kompaniyasi tomonidan 60 tonna “AI-98” (tonnasi uchun 12 921 483 so`m) avtomobil benzinini xarid qilindi. Bu haqda “Buxoro NQIZ” MChJ Matbuot xizmati xabar berdi.  

Avvalroq, “O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev topshirig`iga binoan Buxoro neftni qayta ishlash zavodi mutaxassislari tomonidan 2021 yil davomida yangi turdagi avtomobil benzini ishlab chiqishni yo`lga qo`yish bo`yicha tadqiqotlar olib borilishi natijasida “AI-98” yuqori sifatli tijorat benzinini ishlab chiqarish o`zlashtirilgan edi.

Ma`lumot uchun: Bugungi kunda Buxoro neftni qayta ishlash zavodida 20 dan ortiq rusumdagi, 9 turdagi mahsulot ishlab chiqariladi. Ishlab chiqariladigan avtomobil benzinlari qatorida “AI-80”, “AI-91”, “AI-92”, “AI-95”, “QuWatt AI-95” brendi va yangi “AI-98” avtomobil benzini o`rin olgan.

Шарҳлар

“O`zbekneftgaz”: Davlat xaridlarining ochiq va shaffof tarzda o`tkazilishi ta`minlanmoqda

09.10.2021, 16:48

“O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaevning topshirig`i bilan tizimda xaridlarning shaffofligini ta`minlash va sog`lom raqobat muhitini yaratish maqsadida, amalga oshirilayotgan xaridlar bo`yicha e`lonlar, barcha kerakli...
“O`zbekneftgaz”: Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlariga bir guruh neft va gaz xodimlari ham munosib ko`rildi

26.08.2021, 17:57

Mustaqilligimizning o`ttiz yilligi munosabati davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Farmoni imzolandi.Quvonarlisi, O`zbekistonning...
“O`zbekneftgaz”: Amalga oshirilayotgan so`nggi bosqichdagi qurilish-montaj ishlari holatini o`rganish maqsadida Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” GTL zavodida bo`ldi

15.08.2021, 11:13

“O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev boshchiligidagi “Ishchi guruh” a`zolari investision loyiha doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlarining yakuniy bosqichi holatini o`rganish hamda kelgusi vazifalarni muhokama...
“O`zbekneftgaz” Milliy gvardiya bilan hamkorlikda o`tkazgan tadbir doirasida Gazlidagi kondensat o`g`irligini fosh etdi (foto)

27.06.2021, 15:35

“O`zbekneftgaz” AJ Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda “O`zbekneftgaz” AJ Matbuot...