Sevimli

Sergeli tumani hokimi o`ziga 35 million so`m ustama belgiladi

Jamiyat 06.12.2021, 15:01
Sergeli tumani hokimi o`ziga 35 million so`m ustama belgiladi

Bu haqda Xalq deputatlari Sergeli tumani kengashi qarorida aks etgan

"Toshkent shahar hokimining 2021 yil 8 iyuldagi 1-14-0-F/21, 2021 yil 6 avgustdagi 20-14-0-F/21, 2021 yil 30 avgustdagi 32-14-0-F/21, 2021 yil 7 oktyabrdagi 64-14-0-F/21, 2021 yil 9 noyabrdagi 90-14-0-F/21-sonli farmoyishlariga asosan Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurovning mehnatda tashabbuskorligini rag`batlantirish maqsadida 2021 yil iyun, iyul, avgust, sentyabr va oktyabr oylari uchun lavozim maoshiga ustama haqi to`lash uchun 35,0 mln. (o`ttiz besh million) so`m mablag` Sergeli tumani mahalliy byudjetining uchinchi chorak daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismi hisobidan tuman hokimiyatiga ajratilsin.

Sergeli tumani moliya bo`limi (F.Valixanov) ajratilgan mablag`lar bo`yicha 2021 yil tuman mahalliy byudjeti parametrlariga belgilangan tartibda tegishli o`zgartirishlar kiritsin", - deyiladi qarorda. 

Шарҳлар