Sevimli

Bosh prokuratura jamoatchilikka murojaat bilan chiqdi

Jamiyat 06.12.2021, 20:32
Bosh prokuratura jamoatchilikka murojaat bilan chiqdi

Bosh prokuratura O`zbekiston aholisiga murojaat bilan chiqdi. 

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura keng jamoatchilik e`tiborini yana bir bor prokuratura organlarida korrupsiyaga qarshi murosasiz va keskin kurash olib borilayotganiga qaratadi. Ya`ni, Bosh prokuratura mamlakatning har bir fuqarosini jamiyatda, xususan prokuratura organlarida korrupsiyani tag-tomiri bilan bartaraf etishda faol hamkorlikka chaqiradi.

"Agar prokuratura organlarining biron-bir xodimi faoliyatida korrupsiya bilan bog`liq xatti-harakat (yoki harakatsizlik)ni kuzatsangiz, sezsangiz, bu haqda zudlik bilan Bosh prokuratura Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasining (71) 202-08-28 raqamli “Ishonch telefoni”ga ma`lum qilishingizni so`raymiz.

Murojaatchilar haqidagi ma`lumotlarning sir saqlanishi to`liq kafolatlanadi", - deyilgan murojaatda. 

 

Mavzuga doir:

Eslatib o`tamiz, sal avval Bosh prokuraturada boshqarma boshlig`i o`rinbosari 29 ming AQSh dollari pora bilan qo`lga olingani xabar qilingan edi. 

Шарҳлар