Sevimli

Metroda voyaga etmagan qizga nojo`ya harakatlar qilgan shaxsga sud hukmi e`lon qilindi

Jamiyat 06.12.2021, 22:19
Теглар: metro
Metroda voyaga etmagan qizga nojo`ya harakatlar qilgan shaxsga   sud hukmi e`lon qilindi

Metroda voyaga etmagan qizga nojo`ya harakatlar qilgan shaxs ishini ko`rib chiqish bo`yicha yopiq sud jarayoni nihoyasiga etdi va sud hukmi e`lon qilindi.

Toshkent shahar sudi matbuot xizmati xabar berishicha, 2 dekabr kuni jinoyat ishlari bo`yicha Mirobod tuman sudida sudlanuvchi K. Sh. (1989 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan) ga nisbatan sud hukmi e`lon qilindi.  

Unga ko`ra, K. Sh. 2021 yil 18 sentyabr kuni Toshkent metropoliten poezdining vagonida voyaga etmagan qiz bolaga nisbatan nojo`ya harakatlar qilgan bo`lib, Jinoyat kodeksining 129- moddasi (o`n olti yoshga to`lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etlikda aybli deb topildi.

Unga ish haqining 20 foizi miqdorini davlat daromadiga ushlangan holda 2 yil ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanib, Jinoyat kodeksining 62-moddasi (ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamog`i vaqtini hisobga olish qoidalari) tartibida uzil-kesil o`tash uchun 1 yil 10 oy 21 kun muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi qoldirildi.

Hukmdan norozi taraflar hukm e`lon qilingan kundan boshlab, sudlanuvchi va jabrlanuvchi hukm nusxasini olgan kundan boshlab, yigirma sutka ichida Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`atiga apellyasiya tartibida shikoyat berish yoki protest bildirishga haqliligi ma`lum qilinadi.

Шарҳлар

Toshkentda metro yana to`xtab qoldi (video)

20.09.2021, 11:34

Joriy yilning 20 sentyabr kuni soat 09:10 da G`ofur G`ulom bekatidan Chorsu bekatiga harakatlanishi lozim bo`lgan 41-yo`nalishdagi harakat tarkibida havo taqsimlash tizimida texnik nosozlik yuzaga...
Toshkent metropolitenida yangi metro poezdlari ishga tushirildi

07.09.2021, 06:30

Toshkent metropolitenida o`tgan haftada keltirilgan yangi metro poezdlari poytaxt ahli va mehmonlariga xizmat qilishni boshladi. Bu haqda "O`zbekiston temir yo`llari" AJ axborot xizmati ma`lum qildi.Yangi...
Tez orada Toshkent metro bekatlarida barcha aloqa kompaniyalari va bepul WI FI ishlay boshlaydi

26.08.2021, 18:28

Bu haqda Transport vazirligi va "Toshkent metropoliteni" DUK mutasaddilari ishtirokida AOKAda o`tkazilgan brifingda ma`lum qilindi.Metropolitendagi xizmatlar turlarini ko`paytirish maqsadida bugungi kunda metropoliten barcha bekatlarida mobil...
Endi metrolar o`z "vaqtida" yuradigan bo`ladi

26.08.2021, 16:28

Toshkent metropoliteniga 20 ta metro vagoni (5 ta sostav) olib kelinadi, poezd qatnovlari o`rtasidagi interval qisqartiriladi.Qatnovlar bo`yicha 31 avgustdan yangi jadval joriy etiladi, deya xabar...