sevimli
Sevimli

Xotin-qizlarni uy-joy bilan ta`minlash tartibi belgilandi

Jamiyat 06.12.2021, 23:40
Теглар: Hukumat qarori
Xotin-qizlarni uy-joy bilan ta`minlash tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan Noturar joylarda istiqomat qilayotgan, shuningdek, ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolg`iz onasi, yolg`iz otasi yoki boshqa shaxslar qaramog`ida bo`lgan voyaga etgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta`minlash tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko`ra, uy-joy sharoitini yaxshilash istagida bo`lgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlar o`zini o`zi boshqarish organi yoki tuman (shahar) mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash bo`limiga so`rovnoma-ariza bilan murojaat qiladi.

Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta`minlashga ko`maklashish komissiyasi har chorakda (chorak birinchi oyining 15-kunigacha) xotin-qizlarning uy-joyga ehtiyojmandlik darajasini o`rganib chiqadi.

Uy-joyga muhtoj xotin-qizlar Komissiyaning tegishli qarori qabul qilingach, ko`pi bilan 30 kundan oshmagan muddat ichida ijtimoiy uy-joylarga ijara huquqi asosida vaqtinchalik joylashtiriladi.  

Bunda:

uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga ipoteka krediti bo`yicha uy-joylarning hisoblangan qiymatining 15 foizi miqdorida boshlang`ich badal to`lab beriladi;

tuman (shahar) hokimligi Komissiya qarori qabul qilingandan so`ng 20 kun ichida ijtimoiy uy-joyga joylashtiriladigan xotin-qizlar bilan ijara shartnomasini tuzadi (ko`pi bildan 5 yil muddatga);

ijara shartnomasi tuzilgandan keyin 5 kun ichida ijtimoiy uy-joyni topshirish – qabul qilish dalolatnomasi tuziladi;  

dalolatnoma tuzilgach, uy-joyga muhtoj xotin-qizlar 5 kun ichida ijtimoiy uy-joyga joylashtiriladi.  

Ijtimoiy uy-joylar munisipal mulk huquqi asosida tuman (shahar) hokimligiga tegishli bo`ladi va ular bo`yicha alohida hisob yuritiladi.

Nogironligi bo`lgan shaxslar, keksa yoshdagi va o`zi harakatlana olmaydigan shaxslar ustuvor ravishda ko`p kvartirali uylarning birinchi qavatidagi ijtimoiy uy-joylarga joylashtiriladi.  

Ijtimoiy uy-joydan foydalanganlik uchun ijara haqi uy-joy umumiy maydonidan kelib chiqib uning 1 kvadrat metri uchun:  

Toshkent shahrida 1 yilga BHMning 2 foizi;

Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda 1 foizi miqdorida belgilanadi.

Ijara shartnomasida belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan har oyda bir 

Шарҳлар

Xorijiy tillarni o`qitish bo`yicha eng yaxshi maktablar Prezident sovrini bilan mukofotlanadi

09.09.2021, 18:46

Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni o`qitish bo`yicha eng yaxshi maktab” tanlovini o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Umumiy o`rta ta`lim tashkilotlari, akademik lisey va kasb-hunar...
O`zbekistonda fan olimpiadalarini o`tkazish tizimi takomillashtiriladi

09.09.2021, 18:26

Hukumatning 2021 yil 9 sentyabrdagi 562-son qarori bilan Umumiy o`rta ta`lim tashkilotlari, akademik lisey va kasb-hunar maktablari o`quvchilari o`rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, o`tkazish hamda...
Jazoni ijro etish muassasalariga tashriflarni tashkil etish tartibi belgilandi

22.02.2021, 17:03

Jazoni ijro etish muassasalariga tashriflarni tashkil etish tartibi belgilandiHukumatning 2021 yil 19 fevraldagi qarori bilan Diplomatik korpus, xalqaro va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy...
Ikkita institutga yangi rahbarlar tayinlandi

20.02.2021, 19:37

Hukumatning 2021 yil 19 fevraldagi 82-son qarori bilan  O`zbekistondagi ikki institutga yangi rahbarlar tayinlandi.Xususan, Komiljon Sobirovich Komilov Andijon qishloq xo`jaligi va agrotexnologiyalar institutining rektori, Nasridin...