Italiya terma jamoasi hamda “Milan” klubining sobiq hujumchisi va murabbiyi Filippo Indzagi “A” Seriyani tark etib, “B” Seriyaga ravona bo`lgan “Frozinone” jamoasini boshqarishi mumkin.
Football Italia nashrining ma`lum qilishicha, Indzagi “Frozinone” prezidenti Maurisio Stirpe bilan uchrashgan va tomonlar o`zaro kelishuvga erishgan. Yaqin kunlarda mutaxassis klubga bosh murabbiy etib tayinlanadi.
Ma`lumot uchun, Indzagi 2014/15 yilgi mavsumda “Milan”ni boshqargan va jamoa o`shanda 10-o`rinni qo`lga kiritib, evrokuboklarda ishtirok eta olmagandi. 2015 yilning yozida u o`z lavozimidan ozod etildi.