AsosiySport

Garet Beylning ishtahasi karnay

“Real” klubi hamda Uels terma jamoasi yarim himoyachisi Garet Beyl Evropa Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatdan so`ng Evropa chempionatida ham g`olib bo`lish istagi bor ekanini aytdi

“Chempionlar Ligasi g`olibligidan so`ng o`zimni ancha ishonchli his qilyapman. Evropa chempionatini intizorlik bilan kutmoqdaman. Klub safida har ikki uch kunda o`ynaymiz, Evro–2016 turnirida esa har 4-5 kunda. Bu normal holat. Termadagi jamoadoshlarimning barchasi tayyor ekaniga umid qilaman. Kim bilsin, balki bir oy davomida ikkita bosh sovringa ega bo`larman”, – dedi Beyl.

Ma`lumot uchun, Evro–2016 futbol musobaqasi 10 iyun kuni start olib, 10 iyulda o`z nihoyasiga etadi.


Boshqa yangiliklar