AsosiySport

O`zbekiston terma jamoasining so`nggi 10 kun ichida ikkinchi o`yini bekor qilindi

Shu yilning 2 iyunga belgilangan O`zbekiston - Ekvatorial Gvineya xalqaro o`rtoqlik uchrashuvi Ekvatorial Gvineya futbol federasiyasining tashabbusiga ko`ra bekor qilindi.

Ekvatorial Gvineya futbol federasiyasi bosh kotibi Tadeo Nsue Onva imzolagan xatda aytilishicha, Afrika Konfederasiyasining yo`rig`iga ko`ra Afrika Millatlar Kubogining saralashi doirasida o`tkazilishi kerak bo`lgan Ekvatorial Gvineya-Benin o`yini 3 iyun kuni o`tkazilishi mumkin. Shu sababli Ekvatorial Gvineya O`zbekiston terma jamoasi bilan o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazish uchun Toshkentga kela olmasligini ma`lum qildi.

«Biz O`zbekiston Futbol Federasiyasidan uzr so`raymiz va ushbu o`yinning yaqin vaqt ichida o`tkazilishiga umid qilib qolamiz», - deb Ekvatoriyal Gvineya futbol federasiyasi bosh kotibining maktubidan so`zlarni keltiradi O`FF matbuot xizmati.

O`zbekiston Futbol Federasiyasi O`zbekiston-Ekvatorial Gvineya uchrashuviga sotilgan chiptalarni qaytarib olish mas`uliyatini o`z bo`yniga oladi.

Qayd etish kerakki, 10 kun avval O`FF tashabbusi bilan 2 iyun kuni bo`lib o`tishi kerak bo`lgan o`rtoqlik o`yini bekor qilingandi. O`zbekiston termasi kim bilan o`ynashi hozircha noma`lum.


Boshqa yangiliklar