Toshkent viloyati Ohangaron tumani IIB navbatchilik qismiga Toshkent shahrida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, o`zining “Neksiya” rusumli avtomobili noma`lum shaxs tomonidan olib qochib ketilgani haqida xabar qilgan.
Voqea joyiga etib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanishicha, ariza muallifi avtomashinasini Telov qishloq fuqarolar yig`ini hududida joylashgan "Angren armatura izolyatorlash zavodi" MChJ oldida qarovsiz qoldirganligi oqibatida olib qochib ketilganligi ma`lum bo`lgan.
Tezkorlik bilan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida olib qochilgan avtomashina Angren shahrida to`xtatildi.
O`zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmatining xabar berishicha, jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi shaxs Farg`ona viloyati Qo`qon shahrida yashovchi 47 yoshli fuqaro bo`lib chiqdi. Mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.