AsosiySalomatlik

​Rediska eng, shamollamaysiz!

'​Rediska eng, shamollamaysiz!'ning rasmi

To`q pushti rangdagi rediska tarkibida oqsil, uglevod, vitamin va mineral tuzlar bo`lib, ko`klam payti toliqqan organizmga tetiklik ulashadi. Rediskani qatiqqa yoki to`g`ralgan karam va sabziga qo`shib salat ko`rinishida iste`mol qilishi mumkin. Shu bilan birga po`stini archib, butunligicha ham esa bo`ladi.

XALQ TABOBATIDA

  • Agar sizni radikulit bezovta qilsa, bir bog` rediskani qirg`ichdan o`tkazib, ikki qavat dokaga o`rang. So`ng og`riq berayotgan sohaga kompress qiling.
  • Bosh og`rig`idan bezor bo`lsangiz uni ham rediska yordamida davolash mumkin. Buning uchun 2-3 ta rediska sharbatini peshona, chakka va ko`z atrofiga surtib chiqasiz.
  • Qabziyat bilan muammo bo`lganida har kuni yarim kosa rediska+qatiq+shivit+kashnich aralashmasini iste`mol qiling. Muolajaning asosiy sharti aralashmaga tuz qo`shilmasligi kerak.
  • Rediskadan kosmetologiyada ham foydalanish mumkin. 2-3 ta rediska sharbatini istalgan o`simlik yog`i bilan aralashtirib, 1 choy qoshiq kartoshka kraxmalini qo`shing. Hosil bo`lgan aralashmani yuzga surtib, 15 daqiqaga qoldiring. So`ng iliq suvda chayib olasiz. Rediskali niqob yuz terisini oziqlantiradi.

  • ORGANIZMGA FOYDASI HAQIDA:

    – Surunkali charchoq, immunitet sustlashishi hamda kamqonlikka qarshi kurashda rediska ajoyib ko`makchidir. Kunora 2 tadan rediska eyishga odatalansangiz, ikki yonog`ingizga qizillik yugurib, gemoglobin miqdori ortadi.

    – Kechki ovqatda yog`li, qattiq qovurilgan taomlarni rediska qo`shilgan salat bilan birga iste`mol qilish hazm faoliyatini yaxshilaydi.

    – Rediska me`da kasalliklari bilan og`riganlar uchun ham foydalidir. Tarkibidagi kletchatka oshqozon suyuqligi ishlab chiqarilishini rag`batlantiradi.

    – Avitaminoz yuzaga kelmasligi uchun ko`klam chog`i rediskani kanda qilmaslik kerak.

    – Bir kunda atigi bir marta rediska qo`shilgan salat yoki egulik esangiz, askorbin kislotasining bir kunlik miqdoriga ega bo`lasiz.

    – Kam kaloriya mahsulot ekanligi sabab parhezdagi xonimlar uchun asqotadi.

    – Qandli diabet bilan og`rigan bemorlar rediskani ko`proq tanovul qilishlari lozim. Bu poliz ekini tarkibidagi moddalar qonda qand miqdorini me`yorlashtiradi.

    – Eng foydasi – rediskadagi fitosidlar bo`lib, organizmni chiniqtirishi bilan ajralib turadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar