Му5
4

​MB nima sababdan dollarning kursi tez suratlarda o`sayotganligi haqidagi savolga javob berdi

Jamiyat 28.03.2017, 14:02
Теглар: Dollar, O`zbekiston, Bank, Markaziy bank
16736
​MB nima sababdan dollarning kursi tez suratlarda o`sayotganligi haqidagi savolga javob berdi

28 martdan e`tiboran Markaziy bank xorijiy valyutaning o`zbek so`miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Bugundan 1 AQSh dollari yana 46,91 so`mga oshib, 3595,02 so`mni tashkil qildi. 1 evro 83 so`mga oshib, 3883.95 so`mni tashkil qildi.

2 hafta oldin dollar o`zining 3,5 ming so`mlik qiymatni qayd etgandi.

“Darakchi plyus” tahririyati Markaziy bankka rasmiy murojaat qilib, AQSh dollarning o`zbek so`miga nisbatan sezilarli darajada oshib borayotganligi sabablari bilan qiziqdi.

Markaziy bank matbuot xizmatining javoblarida keltirilishicha, “Valyutani tartibga solish to`g`risida”gi qonunning 15-moddasiga muvofiq O`zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasini sotib olish va sotish bo`yicha operasiyalar milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan chet el valyutasiga bo`lgan talab hamda taklifning joriy nisbati asosida shakllanadigan almashuv kursi bo`yicha amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, biz dollar kursi o`sishda davom etish yoki etmasligi hamda qancha foizga oshishi haqida qiziqdik.

“So`mning xorijiy valyutalarga nisbatan ayirboshlash kursining kelgusidagi dinamikasi talab va taklif, to`lov, xususan tashqisavdo balansi, inflasiyaning maqsadli parametrlari, mamlakatlardagi iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib – asosiy savdo hamkorlar, jumladan ularning valyuta kurslariga qarab belgilanadi”.

“Ayni damda valyuta siyosatini liberalizasiya qilish hamda bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari asosida takomillashtirishni tartibga solish bo`yicha normativ hujjatlar loyihasi ishlab chiqilmoqda”, - deya ta`kidlanadi MB javobida.

“Darakchi plyus” tahririyatining rasmiy murojaati.

Шарҳлар

O`zbekiston “Yilning eng yaxshi boks mamlakati” deya e`tirof etildi

07.01.2020, 08:35

Sport bo`yicha xorijning nufuzli nashrlaridan biri O`zbekistonni “Yilning eng yaxshi boks mamlakati” deya e`tirof etdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.Angliyaning...
Dollar o`tgan haftaga nisbatan arzonlashdi

16.12.2019, 12:32

Markaziy bank 2019 yil 17 dekabrdan e`tiboran xorijiy valyutalarning so`mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.Unga ko`ra, dollar kursi o`tgan haftaga nisbatan 5,15 so`mga arzonlashib, 9,532 so`mni...
Qozog`istonda O`zbekiston Oliy Majlisi deputatligi uchun ovoz berish boshlandi

13.12.2019, 08:50

Qozog`istonda 12 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarga muddatidan avval saylovlar boshlandi, deb xabar bermoqda Kazinform’ga tayannib O`zA.“Fuqarolarga imkon qadar qulay...
Dunyoning mashhur telekanali ilk bor O`zbekiston haqidagi filmlarni efirga uzatmoqda

12.12.2019, 09:17

Joriy yilning 8 dekabridan boshlab AQShning SNBC (“Consumer News and Business Channel”) telekanali O`zbekistonga bag`ishlangan oltita filmni efirga uzatishni boshladi.Mazkur hujjatli filmlarda yangi O`zbekistonda amalga...