Долзарб мавзулар Foto

Rasman: Aleksandr Lyakazett "Arsenal" a`zosiga aylandi

Бўлимлар: Sport
Теглар: Futbol, Angliya Premer-ligasi
Добавлено: 06.07.2017, 08:07

Londonning “Arsenal” klubi Fransiyaning “Lion” klubi hujumchisi Alekdander Lyakazettni sotib olgani klub matbuot xizmati tomonidan rasman e`lon qilindi.

“To`pchilar” 26 yoshli futbolchining transferi uchun 60 mln evro (53 mln evro + 7 mln evro bonus) to`laganligi ma`lum bo`ldi. Bu kelishuv “Arsenal” uchun rekord miqdordagi transfer bo`ldi. Qolaversa, “Lion” uchun ham mazkur transfer eng qimmatbaho sotuvga aylandi.

Ma`lumot o`rnida, fransiyalik futbolchi yakunlangan mavsum “Lion” chempionatda jami 30 ta uchrashuvda maydonga tushgan va o`z hisobiga 28ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo`yishga erishgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA