my5

​Toshkent—Samarqand yo`lining Qozog`iston orqali o`tuvchi uchastkasi ochildi

Jamiyat 12.07.2017, 09:51
Теглар: Toshkent, Qozog`iston, ​Samarqand
3978
​Toshkent—Samarqand yo`lining Qozog`iston orqali o`tuvchi uchastkasi ochildi

11 iyul kuni Toshkent va Samarqand o`rtasidagi M-39 yo`lining Qozog`istonning Maqtaaral tumani orqali o`tuvchi uchastkasi yana ochildi. Bu haqda “O`zbekiston” telekanalining “Axborot” dasturiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Shu kuni O`zbekiston-Qozog`iston davlat chegaralarida joylashgan “Malik” (“Sirdaryo” va «Oq oltin» («Selinniy») avtomobil o`tkazish punktlari faoliyat ko`rsatishni boshladi.

M-39 yo`lining qo`shni mamlakat hududi orqali o`tuvchi 25 kilometrga yaqin masofadagi uchastkasi 2006 yilda yopilgan edi. Ikki davlat rahbarlarining kelishuvi sharofati bilan uning ochilishi bo`lib o`tdi.

Yo`lning ochilish marosimida O`zbekiston bosh vaziri o`rinbosari Ulug`bek Rozuqulov, Sirdaryo viloyati hokimi G`ofurjon Mirzaev va boshqa rasmiy shaxslar ishtirok etdi. Qozog`iston tomonidan Qozog`iston investisiyalar va taraqqiyot vaziri o`rinbosari Roman Sklyar, Janubiy Qozog`iston viloyati hokimi Janseit Tuymebaev, Qozog`istonning Toshkentdagi elchisi Erik Utembaev va boshqalar ishtirok etdi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Prezidentining 26 apreldagi qaroriga muvofiq, trassa ochilishi 15 mayda bo`lib o`tishi kerak edi, biroq bu sana ko`chirildi. Yo`l orqali faqatgina engil avtomobillarning o`tishiga ruxsat beriladi, yuklar va tijoriy maqsadlardagi tovarlarni olib o`tish taqiqlanadi.

O`zbekiston fuqarosi soddalashtirilgan tartibda — bojxona hujjatlarini rasmiylashtirmasdan Maqtaaral tumani orqali to`xtalishlarsiz tranzit bilan chegaradan o`tishi mumkin. Bunda davlat chegaralarini kesib o`tish huquqini beruvchi shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab etiladi.

Notranzit maqsadlarda Qozog`iston yo`nalishida harakatlanuvchi O`zbekiston va Qozog`iston fuqarolariga nisbatan chegara nazorati qonunchilikda belgilangan tartibda va O`zbekiston imzolagan xalqaro shartnomalar doirasida amalga oshiriladi.

Bojxona nazorati soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi, hech qanday bojxona deklarasiyalari to`ldirilmaydi, transport vositasi ro`yxatga olinmaydi va bojxona ko`rigidan o`tkazilmaydi, biroq majburiy vizual ko`rik olib boriladi.

Шарҳлар

Erkinjon Turdimov samarqandliklarga qat`iy talab qo`ydi (video)

10.04.2020, 22:32

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov viloyat ahliga murojaat qildi. U samarqandliklarni karantin davrida intizomli bo`lishga, birdamlikda koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashishga chaqirdi. "Agar isitmangiz chiqsa, "tez yordam" chaqiring,...
Samarqandda organ xodimlariga faol qarshilik ko`rsatgan ayolga nisbatan prokuratura tekshiruv o`tkazmoqda

08.02.2020, 21:06

Jinoyat ishlari bo`yicha Samarqand shahar sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismi “a,g” va 140-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan sudlanuvchi 1982 yilda tug`ilgan, Samarqand shahrida yashovchi...
Bosh prokuror bir kun samarqandliklar dardu tashvishlari bilan yashadi (foto)

22.12.2019, 10:32

Bugungi kunda prokuratura organlari tomonidan o`tkazilayotgan qabullarda fuqarolarning bir necha yillardan buyon o`zining echimini topmayotgan muammo va takliflarini joyida hal etishga alohida e`tibor qaratilmoqda.Xususan, kecha,...
Samarqandda erining janjallaridan charchagan xotin uni 2 ta pichoq bilan o`ldirdi (video)

17.12.2019, 09:55

Samarqandda aroqxo`r er o`zining boshiga o`zi etdi. Bu haqda “Markaziy studiya”da voqea tafsilotlari berildi. Unga ko`ra, janjarllardan to`ygan xotin erini pichoqlab o`ldirgan. Bu galgi kamsitish va...