sevimli
Sevimli

QORAQALPOG`ISTONLIK ERKAK 80 YoShLI O`GAY ONASI VA SINGLISINING BOShINI TANASIDAN JUDO QILDI(VIDEO)

Jinoyat 14.07.2017, 15:54
QORAQALPOG`ISTONLIK ERKAK 80 YoShLI O`GAY ONASI VA SINGLISINING BOShINI TANASIDAN JUDO QILDI(VIDEO)

Qoraqalpog`iston Respublikasi Kegeyli tumanida ko`z ko`rib, quloq eshitmagan, dahshatli qotillik yuz berdi.

Tuman markazidagi Menglimurodov ko`chasi 69-uyda yashovchi 1938 yilda tug`ilgan Davlatoy Bozorboeva va 1981 yilda tug`ilgan Muhabbat Urametovalar o`z uyida boshi tanasidan judo qilingan holda topilgan.

"O`zbekiston" telekanalida 2016 yil sentyabr oyida sodir etilgan mazkur jinoyat ishi haqida ko`rsatuv efirga uzatildi.

Ushbu holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tezkor qidiruv ishlari natijasida mazkur jinoyatni marhuma Davlatoy Bozorboevaning o`gay o`g`li 1963 yilda tug`ilgan Urametov Murat Shamdikelievich sodir etgani aniqlandi.

Ma`lum bo`lishicha, Murat Urametov 22 yoshda qotillik jinoyatini sodir etib, uzoq muddatga qamalib ketgan. U 1997 yilda ozodlikka chiqib, bir kun ham foydali mehnat bilan shug`ullanmay, ichkilikka berilib ketgan. Murat bir shisha vino evaziga odamlarning uyida mayda-chuyda ishlarni qilib yurgan. Uy-joy talashish ortidan kelib chiqqan janjal uni o`gay onasi va homilador singlisini o`ldirishga undagan. Ularni oshxona pichog`i bilan o`ldirgach boshlarini tanasidan judo qilib, uyining orqasidagi changalzorga tashlab yuborgan.

Murat Urametovga mazkur qilmishi uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.

"O`zbekiston" telekanali orqali namoyish etilgan jinoyat tafsilotlarini quyidagi videoda guvohi bo`lish mumkin:



Шарҳлар