my5
Sevimli

Jahongir Otajonov telefonda tarqalgan videosi haqida nima deydi?

Shou-biznes 16.08.2013, 00:39
Jahongir Otajonov telefonda tarqalgan videosi haqida nima deydi?
“Whatsapp” dasturi orqali o`zbek estradasining yorqin vakillaridan biri ishtirokidagi  yangi videorolik tarqaldi. Bir necha odam basseynda cho`milayapti, ular orasida xonanda Jahongir Otajonov ham bor. U suvga hatto mikrofoni bilan tushib, "Chaqasan"lab qo`shiq aytyapti.

Bu video lavhani qanday tarqalgani, bo`lgan voqeaning tarixi bilan qiziqdik va savollarga xonandaning o`zidan javob oldik.

Jahongir Otajonov: — Mazkur voqea bir yaqin do`stimizning uyida videoga olingan. Do`stlar davrasida o`zim istagandek kuylashim mumkin. Buning yomon tomoni yo`q, deb o`ylayman. Lekin lavhani kim tarqatib yuborganini bilmayman.  

To`g`ri, hammaning o`z hayoti, o`z odatlari bor. Ammo nima bo`lganda ham, san`atkor xalqning ko`z o`ngida bo`ladi. Nazarimizda, u hatto eng yaqin do`stlarining davrasida ham o`z hatti-harakatlarini boshqara olishi shart. 

Шарҳлар