my5
Sevimli

​NAVOIYDA O`Z QIZINI 5 MLN. SO`MGA SOTAYoTGAN AYoL QO`LGA OLINDI

Jinoyat 11.08.2017, 12:38
​NAVOIYDA O`Z QIZINI 5 MLN. SO`MGA SOTAYoTGAN AYoL QO`LGA OLINDI

2017 yil 3 avgust kuni Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi hodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar vakillari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbir davomida ushbu ayol yaqindagina tug`ilgan va shaxsini tasdiqlovchi bironta hujjati bo`lmagan qizalog`ini 5 mln. so`mga sotayotgan paytdajinoyat ustida qo`lga olindi.

Odam savdosi qurboniga aylanib qolishdan saqlab qolingan chaqaloq Navoiy viloyati Vasiylik kengashiga topshirildi.

Uning onasi B.Bozorovaga nisbatan esa O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv va tergov ishlari olib borilmoqda.

Yosh oilaning buzilib ketishi, otaning farzandi va ayolidan voz kechishi, etarlicha hayotiy tajribaga ega bo`lmagan onaning esa turmush qiyinchiliklariga bardoshsiz ekanligi va eng ayanchlisi, atrofdagilarning, mahalla-ko`yning e`tiborsizligi ortidan ushbu mash`um holat ro`y berdi.

Bojxonachilar qarshisida farzandini xo`jako`rsinga quchoqlab, ayuhannos solayotgan fuqaro B.Bozorovaning yig`i-sig`ilariga endi kech. Chunki, jinoyat sodir etilgan - g`isht qolipdan ko`chib bo`lgan edi. So`nggi pushaymon esa o`ziga dushman!

Шарҳлар