Му5
48

​OZODBEK NAZARBEKOV MADANIYaT VAZIRLIGIDAGI BIRINChI ISh KUNI QANDAY O`TGANINI SO`ZLAB BERDI

Jamiyat 11.08.2017, 13:51
Теглар: Xonanda
7593
​OZODBEK NAZARBEKOV MADANIYaT VAZIRLIGIDAGI BIRINChI ISh KUNI QANDAY O`TGANINI SO`ZLAB BERDI

O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov jurnalist Jasur Hamroev bilan suhbatda madaniyat vaziriningbirinchi o`rinbosari sifatidagibirinchi ish kuni qanday o`tgani hamda endilikda ijodini davom ettirishi haqidagisavollarga javob berdi.

"Ijodkor uchun ijod muayyan vaqt talab qilmaydi. Shu paytgacha ham 24 soat ijod bilan band bo`lganman. Ijodkorlar yaxshi biladi. Ijod bu kasallik. Bu tark etib bo`lmaydigan narsa. Buni tashlab ketib bo`lmaydi hech qachon. Ko`zimga hech narsa ko`rinmasligi mumkin. Agar ijodim bilan shug`ullanmasam. Ijodkor odam ijod bilan shug`ullanmasa, kasal bo`lib qolishi mumkin. Shuning uchun albatta ijodimni davom ettiraman. Busiz iloji yo`q. Bu o`zim uchun, ko`nglimdagi ish bo`lgani uchun, azbaroyi ijoddan voz kecholmaganim uchun albatta ijod davom etadi",—deydi Nazarbekov ijodini davom ettirishini ta`kidlab.

Shuningdek, Ozodbek Nazarbekov madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari sifatidagi bir kunlik ishlari sarhisobi sifatida quyidagi fikrlarni bildirdi:

"Bugun men uchun birinchi ish kuni bo`ldi. Sohada kamchiliklar juda ko`p. Bugun yangi vazir bilan o`tirib, vazirlikdagi xodimlar bilan suhbatlashdik, tanishdik. Asosan, qaysi xodim nima bilan shug`ullanishi haqida ular bilan yuzma-yuz suhbatlashib, ma`lumot oldik. Suhbat jarayonida sohadagi ko`plab muammolar yuzaga chiqdi. Kamchiliklar birinchi kun uchun juda ko`p. Madaniyat vazirligini tubdan isloh qilish zamon talabi bo`lib turibdi. 3 avgust kuni Prezidentimiz bilan uchrashuvda sohadagi kamchiliklar sanab o`tilgan va bu borada ko`plab tavsiyalar, topshiriqlar berilgan edi. Agar shu topshiriqlarni bajara olsak, asosiy muammolar echiladi va madaniyat vazirligining jamiyatimizdagi o`rni yanada yuksaladi.

Bir so`z bilan aytganda, qilinishi kerak bo`lgan ishlar, muammolar juda ko`p. Ularni qo`l bilan sanab bo`lmaydi".

Ma`lumot uchun, Ozodbek Nazarbekov 10 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari etib tayinlandi.

Шарҳлар

​ FARRUH ZOKIROVDAN TANQID EShITGAN VA TOHIR SODIQOV DUET KUYLAShDAN BOSh TORTGAN UMIDAXON

11.08.2017, 16:04

"Darakchi" gazetasidagi "10 qaltis savol" loyihasining galdagi mehmoni professionalmusiqiy bilimga ega xonanda UMIDAXON... 1 — “Umr o`tar”, “Yulduzimsan”, “Sendadur ko`nglim” va “Yo`limdan qoch”, “Serial”, “Safsata”...
​VIA "MAROQAND"ChI ABDURAShID UYLANDI(FOTO)

08.08.2017, 10:55

7 avgust kuni o`zbek shou-biznesining ikki vakili oila qurdi. Poytaxtdagi "Osiyo grand" restoranida Shohruhxonning ukasi, aktyor Muhammadali va Irodaxonning visol oqshomi bo`lib o`tdi. Shu kuni...
​DJ PILIGRIM O`G`LINING ONASI “SE TANHO”ChI KAMILA BILAN YaRAShDI(FOTO)

13.07.2017, 11:47

Xonanda Dj Piligrim o`g`li Isomning onasi “Se tanho” guruhi yakkaxoni Kamila bilan yarashgani ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining muhokama mavzusiga aylandi. Gap shundaki, Ilhom Yo`lchiev(Dj...
​NIGORANING PARDOZSIZ SURATIGA FOLLOVERLAR MUNOSABAT BILDIRIShDI (FOTO)

12.07.2017, 20:56

Oybek va Nigora juftligining navbatdagi suratlari folloverlarning muhokamasiga sabab bo`ldi.Instagram tarmog`iga joylangan ushbu suratga Nigora avvalgilaridan farqli o`laroq pardozsiz holda tushgan.Folloverlarning aksariyati uning tabiiy go`zalligi...