Sevimli

SERGELI TUMANIDA UYINI FOHIShAXONAGA AYLANTIRGAN ShAXS ANIQLANDI

Jinoyat 11.08.2017, 14:23
SERGELI TUMANIDA UYINI FOHIShAXONAGA AYLANTIRGAN ShAXS ANIQLANDI

Toshkent shahar Sergeli tuman IIBda o`tkazilayotgan “Tozalash” tadbirida profilaktika inspektorlari tomonidan uyini fohishaxonaga aylantirgan erkak qo`lga olindi.

Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Sergeli tumanida 8 avgust kuni soat 21:00da, 1962 y.t., Birodarlik 9-12-uyda yashovchi G`.P. 20.000 so`m pul evaziga, o`z uyida, 1990 y.t. Qashqadaryo viloyati Koson tumani Kulol qishlog`ida yashovchi O.A. va 1988 y.t. Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida yashovchi M.Q.larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlandi. Daliliy ashyo sifatida 20.000 so`m pul olingan.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIB tomonidan fuqaro G`.P.ga nisbatan O`zR JKning 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Шарҳлар