my5
Sevimli

TOShKENTDA AVTOMOBIL QULFINI BUZIB, O`G`RILIK SODIR ETGAN ShAXSLAR UShLANDI

Jinoyat 28.08.2017, 15:51
TOShKENTDA AVTOMOBIL QULFINI BUZIB, O`G`RILIK SODIR ETGAN ShAXSLAR UShLANDI

Toshkent shahrida avtomashinalarning qulflarini buzib o`g`rilik sodir etgan shaxslar qo`lga olindi, deya xabar qildi IIBB matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, 2017 yil 24 iyul kuni Mirzo Ulug`bek tumanida joylashgan "Ulfatlar" kafesi yonida fuqaro Raximov Zafar Talgatovichga tegishli bo`lgan "Spark" rusumli avtomashina old chap taraf eshigi qulfini buzish yo`li bilan ochib, uning salonidan 3,5 mln so`mlik mulki va 15 ming so`m pullari o`g`irlangan.

Shu bilan birga, 2017 yil 24 avgust kuni kechqurun muqaddam sudlangan To`raev Sherzod Shavkatovich Uchtepa tumanida joylashgan "O`rikzor" bozori qarshisida fuqaro Berdiev Jasurbek Botirovichga tegishli bo`lgan "Matiz" rusumli avtomashina yukxonasiga g`ayriqonuniy ravishda ochib, unga tegishli bo`lgan 337 ming so`mlik mulki va 580 ming so`m naqd pullarini o`g`irlab, jinoyat joyidan yashiringan.

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o`tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida barcha jinoyatchilar qo`lgan olinib, ularga nisbatan jinoyat ishlari qo`zg`atilgan.

Шарҳлар