my5
Sevimli

​IChKI IShLAR ORGANI XODIMI PORA OLAYoTGANDA QO`LGA OLINDI

Jinoyat 08.09.2017, 09:50
​IChKI IShLAR ORGANI XODIMI PORA OLAYoTGANDA QO`LGA OLINDI

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ichki ishlar organi xodimi pora olayotganda ushlandi.

Zangiota tumanidagi jazoni ijro etish muassasasida saqlanayotgan mahkuma Sh.Xatamova (1970 y.t. ) viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlariga ariza bilan murojaat qilib, mazkur muassasa xodimi undan jazoni o`tash davomida engil shart-sharoitlar yaratish evaziga pora talab qilayotganligini bildirgan. Bu haqda Toshkent viloyati prokuraturasi xabar berdi.

Ariza asosida o`tkazilgan tezkor-tergov tadbir davomida Toshkent viloyati IIB JIEBga qarashli 14-sonli jazoni ijro etish koloniyasi xodimi M.Isakjanov (1988 y.t.) ariza muallifining qizi Z.Ibragimovadan 1 mln. so`m va 200 AQSh dollarini pora tariqasida olayotgan vaqtda ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, sud tomonidan M.Isakjanovga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo`llanildi.

Tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurash O`zbekiston Respublikasi davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biri bo`lib, unga qarshi kurashning asosiy tamoyillari ochiqlik, shaffoflik, davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligidir.

Shu sababli, Siz yashayotgan aholi punktida (shahar, tuman) korrupsiya bilan bog`liq vaziyat to`g`risidagi shaxsiy fikringizni bilish biz uchun o`ta muhimdir. Bu jamoatchilik fikrini hisobga olgan holda korrupsiyaga qarshi kurashga qaratilgan davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashdagi o`z hissangizni saytimizdagi anonim ijtimoiy so`rovda ishtirok etgan holda qo`shishingiz mumkin.

Шарҳлар