Sevimli

​ChILONZOR TUMANIDA FOHIShAXONA SAQLASh JINOYaTI FOSh ETILDI

Jinoyat 10.10.2017, 10:07
​ChILONZOR TUMANIDA FOHIShAXONA SAQLASh JINOYaTI FOSh ETILDI

Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi poytaxtda yana bir fohishaxona faoliyatiga chek qo`ydi.

2017 yilning 6 oktyabr kuni taxminan soat 21:30larda, o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, muqaddam sudlangan Temirova Dilfuza Yuldashevna, Chilonzor tumani, Naqqoshlik ko`chasi, 17-22 xonadonda fohishaxona saqlab, 40.000 so`m pul evaziga fuqaro «M» va «A» larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Шарҳлар