my5
Sevimli

SAID MUHTOROV ​«KULBA» FILMINING PREMERA CANASINI MA`LUM QILDI

Madaniyat 16.10.2017, 11:33
Теглар: Film
SAID MUHTOROV ​«KULBA» FILMINING PREMERA CANASINI MA`LUM QILDI

Alisher Navoiy nomli kino saroyda yangi premera kutilmoqda.

Rejissyor Said Muxtorov hamda «Dilshoh media» kinokompaniyasi tomonidan suratga olingan «Kulba» nomli filmning premera sanasi e`lon qilindi.

Kinokartinani suratga olish uchun bir yildan ortiq tayyorgarlik ko`rilgan bo`lib, unda O`zbekiston xalq artistlari Ubaydulla Omon, Gavhar Zokirova, Yayra Abdullaeva, Rixsi Ibrohimova, O`zbekiston san`at arbobi Isamat Ergashev, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistlar Saida Rametova, Madina Muhtorova, Fathulla Ma`sudov hamda boshqalar rol ijro qilishgan.

Filmning ssenariy muallifi Ahror Nurmuhammad, operator Ta`lat Mansurov, prodyuser Mahmud Erkabaev. «Kulba» filmining taqdimot marosimi 27 oktyabr kuni bo`lib, 28 oktyabrdan uni yurtimizning barcha kinoteatrlarida tomosha qilish mumkin.

Quyida filmni suratga olish jarayonidan lavhalarni tomosha qilishingiz mumkin.



Шарҳлар

DXXning 30 yilligiga bag`ishlab telekanallarda yangi film namoyish etiladi

26.09.2021, 14:30

Avvalroq bugun DXX xodimlarining 30 yillik tantanasi ekani haqida xabar bergan edik. Kinomotografiya agentligining qayd etishicha, sana munosabati bilan yangi "Mustahkam" filmi ishlab chiqilgan. Ma`lumotga ko`ra, mazkur...
"Qalbi o`zbek rus shoiri" hujjatli filmi premera qilindi

16.09.2021, 10:26

Kuni kecha adiblar xiyobonida O`zbekiston xalq shoiri Aleksandr Faynberg haqidagi "Qalbi o`zbek rus shoiri" hujjatli filmi premera qilindi. Kinokartina Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal...
“Soddadil” filmining s`yomka jarayonlari boshlandi

16.08.2021, 17:46

Kinematografiya agentligi “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan “Debyut start-2021” kinofestivalida g`olib bo`lgan ssenariy loyihalari asosida “Soddadil” qisqa metrajli filmining s`yomka jarayonlari boshlandi.Bu haqda kinemotografiya agentligi axborot xizmati...
Ahmadboy voqeasi kinokomediya janrida hikoya qilinadimi? (foto+video)

10.07.2017, 16:55

Ma`lum bo`lishicha, yurtimiz kinoijodkorlari «Ahmadboy va Rahmatboy» nomli kinokomediyaga qo`l urishgan. Ushbu film barchaga mashhur o`sha firibgar Ahmadboy voqeasidan hikoya qiladimi? Ushbu savolga javob olish...