my5

​“KO`ChAMIZ QAChON ASFALT BO`LADI?”

Erkin minbar 24.10.2017, 17:31
10021
​“KO`ChAMIZ QAChON ASFALT BO`LADI?”

O`zim 37 yildan buyon afg`on urushi nogironiman, o`g`lim ham 15 yildan bunyo shol kasalligiga uchrab 1 guruh nogironi bo`lib qolgan. Imkoniyatlarimiz cheklanganligi sabab aravaga bog`lanib qolganmiz. Ko`chamizni asfal qilinmaganligi bizga ko`p qiyinchiliklar tug`diradi. Televizorda Prezidentimiz imkoniyati cheklanganlarga uylar sovg`a qilayotganini ko`rib juda quvonyapman. Uyimiz bor, faqat ko`chamiz asfalt bo`lsa yaxshi bo`lardi...

Mamatjon Irgashev, Farg`ona viloyati, O`zbekiston tumani

D.Xodjiahmedov, Farg`ona viloyati hokimining o`rinbosari:

— M.Irgashev ta`kidlab o`tgan Birdamlik ko`chasi yo`lining uzunligi 400 metr bo`lib, tuproq va shag`al qoplamadan iboratligi aniqlandi.

Ushbu ko`cha yo`li O`zbekiston tumani ichki xo`jaliklararo yo`llarni ta`mirlash bo`yicha Davlat dasturlari orqali, byudjet mablag`lari hisobidan amalga oshirilishini inobatga olib, ichki yo`llarni ta`mirlash dasturlari tasdiqlanib bo`lganligi sababli, tuman hokimligi, Moliya va Obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan tayyorlanadigan kelgusidagi Manzilli dasturlarga tegishli tartibda takliflar tayyorlanib, ta`mirlash ishlari amalga oshiriladi.


  • Izoh: murojaatlar va ularga javoban taqdim etilgan ma`lumotlar mazmuni saqlangan holda qisqartirib olindi.

P.S: Aziz mushtariylar! Hududingizda echimini kutayotgan masalalar e`tibordan chetda qolishini istamasangiz, yashash manzilingiz, ism-familiyangizni to`liq yozib, admin@darakchi.uz manzilimizga murojaatingizni yo`llang.

Шарҳлар