AsosiyErkin minbar

​ANDIJONNING BALIQChI TUMANIDAGI AYRIM MUAMMOLARNI DEPUTAT HAL ETIShGA VA`DA BERDI

'​ANDIJONNING BALIQChI TUMANIDAGI AYRIM MUAMMOLARNI DEPUTAT HAL ETIShGA VA`DA BERDI'ning rasmi

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi xodimi Umidaxon ISAEVA ma`lum qilishicha, O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” xotin-qizlarning muammolariga echim topish maqsadida chekka qishloqlarga safar uyushtirmoqda.

– O‘zLiDeP mutasaddilarining tashrifidan juda quvondik, – deydi Baliqchi tumanidagi O`lmas MFY, Ma`rifat ko`chasi 15-uyda yashovchi Gulchehraxon Abdurahmonova. – Kelinim Dildoraxon Rahimova joriy yilda Andijon mashinasozlik institutini tamomladi. Biroq hanuzgacha mutaxassisligi bo`yicha ish topa olmayapti. Bir necha bor tuman bandlikka ko`maklashish markaziga murojaat qildik, biroq foydasi bo`lmadi. O‘zLiDeP deputatlik guruhi a`zosi Oqibatxon Jakbarova muammoimizni hal qilishga va`da berdi.

Shahnoza Nurmatovaning murojaati ham O.Jakbarovaning aralashuvi bilan hal etiladigan bo`ldi. Muloqotda Sh.Nurmatova hududdagi fermer xo`jaligidan 1 gektar er maydoni olib, bog`dorchilik faoliyatini yo`lga qo`ymoqchi ekanini aytgan edi. Deputat Shahnozaning bu rejasini fermer xo`jaligi mutasaddilari bilan maslahatlashib, unga er ajratib berilishiga erishdi.

Muloqotlar davomida aholining suyultirilgan gaz ballonga ehtiyojmand xonadonlariga gaz etkazib berish, kommunal to`lovlardagi noaniqliklarni bartaraf etish, uy bekalarini tadbirkorlik va kasanachilikka yo`naltirish masalalari bo`yicha deputatlik hamda partiyaviy nazorat o`rnatilishi aytildi.

    Boshqa yangiliklar