AsosiyMadaniyat

TURLI MAMLAKATLAR OLIM VA MUTAXASSISLARINI BIRLAShTIRGAN TARMOQ

'TURLI MAMLAKATLAR OLIM VA MUTAXASSISLARINI BIRLAShTIRGAN TARMOQ'ning rasmi

Andreeva Galina Borisovna, Rossiya Dalvta mukofoti laureati, Xalqaro muzeylar kengashining Rossiya qo`mitasi Prezidiumining a`zosi: — “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” media-loyihasi o`z doirasi va maqsadi nuqtai-nazaridan noyob, deya tan olingan. Noyob san`at asarlari, bebaho qo`lyozmalar, umuman bu yurtning madaniy tarixi va san`ati, uning kelib chiqishi yoki ishlab chiqarishi bilan bog`liq mutloq tengsiz ishlari ilk bor shunday keng geografik va xronolik qamrovdagi loyihada o`z aksini topayotgani qayta-qayta ta`kidlangan. Mazkur loyihani amalga oshirish jarayoni turli mamalakatlardan kelgan muzey sohasidagi olim va mutaxassimlarni o`zaro tajriba va bilim almashishiga imkon beruvchi tarmoqni yaratdi. Loyihaning qimmatliligi, ahamiyati shundaki, keng ko`lamli nashriyot dasturini amalga oshiradi, filmlar suratga olinadi, televidenie va radiolarda eshittirishlar tayyorlanadi, dumaloq stol atrofida davra suhbatlari bo`ladi. Natijada dunyoga O`zbekistonnnig boy madaniyati va nomoddiy merosini ko`rsatib beradi.

    Boshqa yangiliklar