Sevimli

QIRG`IZISTON PREZIDENTI O`ZBEKISTONGA KELDI

Siyosat 13.12.2017, 14:20
QIRG`IZISTON PREZIDENTI O`ZBEKISTONGA KELDI

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti Sooranbay Jeenbekov 13 dekabr kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. Bu haqda Prezident matbuoti xizmati xabar bermoqda.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov kutib oldi.

Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi davlatlararo aloqalarning bugungi holati va yanada rivojlantirish istiqbollari, chegaraoldi hamkorlik masalalari, ayrim mintaqaviy va xalqaro muammolarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Tashrif yakunlari bo`yicha davlat rahbarlarining Qo`shma bayonoti, turli sohalardagi o`zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Шарҳлар