Му5
4

Ko`zingiz yaxshi ko`rmasa...

Hi-tech 15.12.2017, 15:32
1521
Ko`zingiz yaxshi ko`rmasa...

Shu yil Garvard universitetining bir qator tibbiyot olimlari shu sohada yangi ixtironi yaratdilar. Olimlar ko`z faoliyatini qayta tiklash va ko`zda yuzaga kelayotganmuammolarni hal qilish mumkin, deb ta`kidlashmoqda...

Ularning fikricha, ular yaratgan tanaga joylashtiriluvchi “mikro chip” bilan bunga erishish mumkin. “Mikro chip” inson tanasiga joylashtiriladi va u ko`zdagi ishlamayotgan to`qimalarning faoliyatini tiklaydi, ko`zning ko`rish sifatini yaxshilab, undagi sodir bo`layotgan o`zgarishlar haqida foydalanuvchini boxabar etib boradi. Shuningdek, doimiy miya bilan uzviy aloqada bo`lib, ko`z-miya faoliyatini tezlashtiradi. Bu “mikro chip” Garvard universitetining bir qator tibbiyot olimlari tomonidan “Kelajak ixtirosi” deya ta`kidlanmoqda. Shu yilning mart oyidan boshlab bu ixtironing sinov muddati boshlanadi, lekin boshqa shu sohadagi olimlarning ta`kidlashlaricha, ixtiro nuqsonlardan xoli emas va u yana qayta takomillashtirilishi zarur. Lekin ixtirochilar sinovdan oldin bu ixtironi maymunda sinab ko`rishdi va ajoyib natijalarga erishishganini hamda asosiy sinovdan oldin bu ixtiro bo`yicha keskin qaror chiqarmaslikni aytishmoqda.

Шарҳлар