Му5
46

2017 YIL SO`NGGIDA DUNYoDA ENG OMMALAShGAN SMARTFONLAR O`NLIGI

Hi-tech 26.12.2017, 14:15
3128
2017 YIL SO`NGGIDA DUNYoDA ENG OMMALAShGAN SMARTFONLAR O`NLIGI

Mana, turli telefonlar taqdimotga boy bo`lgan 2017 yil ham nihoyalab qoldi. GSMArena nashri jurnalistlari ayni shu pallada – yil yakunida butun dunyo bo`yicha eng ommalashgan o`nta smartfon reytingini taqdim etishdi.

Mazkur saytga tashrif buyuruvchilar aynan qanday smartfon modellariga ko`proq qiziqqanlarini nashr mutaxassislari kuzatib, har hafta bu borada ma`lumotlarni yig`ib va tahlil qilib kelishadi. Reyting har hafta yangidan tuziladi, natijada bu ro`yxat muntazam o`zgarib turadi – ayrim devayslar foydalanuvchilar e`tiboridan chetga chiqib, yangilari qo`shilib keladi. Bular, albatta, ko`p omillarga bog`liq – narxlar, aksiyalar, ommaviy axborot vositalarida biror ma`lumotning e`lon qilinishi va hokazo.

Xullas, GSMArena sayti reytingiga ko`ra, 2017 yilning oxirida butun dunyo bo`yicha eng ommalashgan smartfon Xiaomi Mi A1 modeli bo`ladi. Uning bunchalik talabgirligi shundaki, mazkur qurilma narx va sifat mutanosibligi bo`yicha bozorda tengsizdir.

Ikkinchi o`rinda janubiy koreyalik smartfonsozning hamyonbop Samsung Galaxy J7 Promodeli kelmoqda, bu model, ayniqsa, Evropada juda ommalashgan. Ko`plab zamonaviy texnologiyalarni qo`llab-quvvatlovchi hamda AMOLED-ekranga ega mazkur devays past narxi bilan ham millionlab foydalanuvchilarni o`ziga jalb etmoqda.

Reytingning uchinchi hamda to`rtinchi pog`onalari ham xitoyliklarga nasib etdi – Oppo F5ortidan Xiaomi Redmi 5A. Kuchli beshlikni yana «xitoycha Apple» mahsuloti – Xiaomi Redmi Note 5 yakunlab berdi.

Oltinchi o`rin, nihoyat, haqiqiy flagmanga tegdi – Samsung Galaxy Note 8! Bu – bozordagi barcha Android-smartfonlar orasida eng kuchli texnik ta`minotga ega bo`lgan, eng ko`p zamonaviy texnologiyalarni qo`llab-quvvatlaydigan va… eng qimmat modeldir.

Ro`yxatning ettinchi pog`onasi hamyonbop Huawei Honor 7X modeliga, sakkizinchisi esa Xiaomi Redmi 4 (4X) gadjetiga tegdi. To`qqizinchi va o`ninchi o`rinlarni esa tegishlicha Huawei Honor 9 Lite hamda hali taqdim etilmagan Samsung Galaxy S9 egalladi.

Шарҳлар