Му5
5

APPLE TOVLAMAChILIKDA AYBLANMOQDA

Hi-tech 28.12.2017, 13:10
2331
APPLE TOVLAMAChILIKDA AYBLANMOQDA

San-Fransisko (Reuters) - Apple Inc korporasiyasi 1 yildan oshgan iPhone qurilmasining platforma samaradorligini sekinlashtirib qo`yishini tan olgach, sudlarda unga nisbatan ayni paytga kelib 8 ta da`vo arizasi ochilgan. Sud jarayonlarida kompaniyaning bu qarorni sir saqlagani iPhone egalarining zarariga ishlagani qayd etilmoqda, deb yozadi Terabayt.uz.

Primate Labs kompaniyasi 18 dekabrda bu boradagi tadqiqot natijalarini e`lon qilgan edi. Shundan so`ng Apple o`tgan haftada iPhone 6, iPhone 6s, iPhone SE hamda iPhone 7 smartfonlarining barqaror ishlashi, quvvat ta`minotida nosozlik yuz bermasligi uchun ularning faoliyatini sekinlashtirishini rasman ma`lum qilgan. Bu e`londan keyin Kaliforniya, Nyu-York hamda Illinoys shtatlari, hatto Isroida ham brendga qarshi da`volar, noroziliklar avj olgan.

Foydalanuvchilarning fikricha, Apple ayfon devayslaridagi akkumulyator batareyalarini nuqsonini xaspo`shlash uchun platforma samaradorligini pasaytirgan. Vaholanki, bu o`rinda kompaniya o`z foydlan/ uvchilarini bepul akkumulyator bilan ta`minlashi zarur. Biroq, taniqli brend o`z manfaatini ustun qo`ygan va foydalanuvchilar hayotini xavf ostiga qoldirgan.

Sud ishlaridan birida Apple kafolat qoidalariga rioya qilmagani uchun foydalanuvchilar huquqlarini himoya qilayotgan advokat korporasiyadan $53 million AQSh dollari undirish harakatida.

Shuningdek, ayrim sudlar tomonidan qayd etilishicha, platforma muammolariga duch kelgan foydalanuvchilar ayfonlarini almashtirishga majbur bo`lganlar. Kompaniya shu orqali yangi smartfon modellarini "o`tkazish"ga harakat qilgan va mijozlariga ma`naviy-moddiy zarar etkazgan.

Шарҳлар