13

​HAFTA DAVOMIDA SIZNI NIMA KUTMOQDA?

Munajjimlar bashorati 09.01.2018, 11:55
4843
​HAFTA DAVOMIDA SIZNI NIMA KUTMOQDA?

9-15 yanvar, 2018 yil

HAMAL

(21.03-20.04)

Bu haftada yulduzlar katta chiqim qilishdan tiyilishni maslahat berishmoqda. Chunki oldinda Sizni ancha jiddiy ishlar kutib turibdi. Ular hatto kelajak hayotingiz uchun ham ta`sir o`tkazishi mumkin. Shuning uchun daromad va energiyangizni biroz tejang. Haftannig ikkinchi yarmida esa ushbu burjning ayrim vakillari hayotida yaxshigina o`zgarishlar sodir bo`lishi mumkin. Sayyohat, tanishish uchun juda qulay fursat. Aqlingiz charxlanib, tajribanigiz ham oshadi.

SAVR

(21.04-20.05)

O`ylagan ishlaringizni amalga oshirishda atrofingizdagilar biroz halal berishlari mumkin. Lekin bu vaziyatdan chiqib ketish uchun biroz og`irroq bo`lishga to`g`ri keladi. Chunki bosiqlik bilan hal qilingan ishning yakuni ham ko`ngildagidek bo`ladi. Ishxonada esa faolroq bo`ling. albatta, gapdamas, amalda. Biror mushkul vaziyatda hal qiluvchi rol o`ynasangiz, o`zingizga foyda.

JAVZO

(21.05-21.06)

Bu haftada muhim uchrashuvlarni rejalashtirmaslikni maslahat beramiz. Bu Sizni juda muhim ishlaringizdan chalg`itadi. Qolaversa, yangi tanishuvlar Siz o`ylagan natijani bermasligi ham mumkin. Hafta yakunidagi maroqli hordiq kelgusi ishlar uchun kuch to`lpashga yordam beradi. O`zingiz ham bundan hayratalanasiz hali. Kutilmagan daromadingizni salomatlingizni tiklashga sarflasangiz, yaxshi bo`lardi.

SARATON

(22.06-22.07)

Sizning oldingizda ikki yo`l turibdi. Aqlingiz yoki hissiyotlaringiz o`rtasidagi kurashda me`yorni topa bilish katta ahamiyatga ega. Bu xoh shaxsiy hayotingiz, xoh ish bilan bog`liq bo`lsin, juda muhim sanaladi. Yangi tanishlar orttirish mumkin bo`lgan davralardan o`zingizni olib qochmang. Yo ish, yo shaxsiy hayot masalasida omadingiz kulib qolishi mumkin. Bundan tashqari, dam olish kunlarini yaqinlaringiz, do`stlaringiz bilan birgalikda o`tkazing.

ASAD

(23.07-23.08)

Atrofingizdagi kishilar bilan munosabatlaringizga imkon qadar yaxshilashga harakat qiling. Ayniqsa, turmush o`rtog`ingiz va farzandlaringizning istak-xohishlarini inobatga olib ish ko`ring. Chunki ularning Sizga ishonchlari katta. Tadbirkorlik bilan shug`ullanuvchi burj vakillari esa tavakkal qilishlariga to`g`ri keladi. Agar tavakkalni ham aqlga bo`ysunib amalga oshirsangiz, ishlaringiz besh bo`ladi, ishonavering.

SUNBULA

(24.08-23.08)

Biror ishga kirishishdan avval puxta reja tuzib olganingiz ma`qul. Shundagina ko`zlagan ishlaringizni amalga oshirish imkoni tug`iladi. Ish joyingizda bundan-da yaxshiroq lavozimlarda ishlashingiz, ko`p jihatdan boshlagan ishlaringizni qanday yakun topishiga bog`liq. To`y kabi katta bazmlarga taklif qilishsa, albatta boring. Bu kayfiyatingiz ko`tarilishiga xizmat qiladi. Dam olish kunlarini biror qiziqarli film tomosha qilib o`tkazing.

MEZON

(24.10-22.11)

Hafta boshidanoq pullaringizni hisob-kitob qilib olishingizga to`g`ri keladi. Chiqimlarni esa shunga ko`ra rejalashtirganingiz ma`qul. Agar shunday qilsangiz, hafta yakuniga borib qiyin vaziyatga tushib qolmaysiz. Hatto ko`ngilli dam olishga ham imkon topasiz. Sevishgan “mezon”lar nihoyat bir qarorga kelib, to`y tadorigga tushib qolishadi. Ishbilarmonlar esa kredit masalalaridagi muammolarini hal qilishadi.

AQRAB

(24.10-22.11)

Sizni oldinda katta sinov kutib turibdi. Undan qanday o`tishingiz esa juda muhim. Erishilgan ijobiy natija albatta o`z samarasini ko`rsatadi. Shunday ekan hozirdanoq ishga kirishib, tayyorgarlikni boshlang. Vaqtdan unumli foydalaning. Hafta oxirida moliyaviy ahvolingiz yaxshilanadi. Qo`lingizdagi mablag`dan va fursatdan foydalanib, yaqinlaringizni ham biror sovg`a bilan xushnud eting. Ayniqsa, ular orasida kimnidir xafa qilib qo`ygan bo`lsangiz, bahonada uzr ham so`rab olasiz.

QAVS

(23.11-21.12)

Boshlagan ishlaringiz kutilgan natija ko`rsatmayaptimi? Bundan sira siqilmang. Hamma sinovlar vaqtinchalik, tez orada hammasiga izga tushib ketadi. “Sabrning tagi sariq oltin”,deb bekorga aytishmagan axir. Kelajakka bo`lgan umid barcha muammolarning echimidir. Qishki obi-havo ruhiyatingizga biroz ta`sir ko`rsatishi mumkin. Shuning uchun kayfiyatingizni ko`taruvchi biror mashg`ulot bilan shug`ullaning-da, yangi loyiha tomon harakatni boshlang. Bu harakatlaringiz natijasida siz kutgan eshiklar ham ochiladi.

JADIY

(22.12-20.01)

Anchadan buyon yumushlardan qo`lingiz bo`shamay, o`zingizni horg`in his etayapsiz. Bu charchoqni chiqarish uchun esa yaxshi hordiq zarur. Bu haftada Sizda shunday imkoniyat tug`iladi. Bu yangi kuch va g`ayratga to`lishingizga yordam bo`ladi. Nima qilishni bilmay qoladigan vaziyatlarda oilangiz kattalaridan yordam va maslahat so`rang. Ulargina sizga to`g`ri yo`lni ko`rsata olishlari mumkin. Agar sizni biror psixologik muammo qiynayotgan bo`lsa, mutaxassisga uchrashishni tavsiya etamiz.

DALV

(21.01-20.02)

Tashqi ko`rinishingizda yoki kiyinish uslubingizni o`zgartirish Sizga yanada yaxshi kayfiyat bag`ishlashi mumkin. Bu atrofdagilarninng Sizga bo`lgan e`tiborni oshiradi. Eng muhimi esa, o`zingizning ko`rinishingizdan ko`nglingiz to`lishidir. Shundagina yaxshi kayfiyat doimiy hamrohingiz bo`ladi. Haftaning ikkinchi yarmida yuz beradigan vaziyatlar hayotingizga yaxshigina ta`sir ko`rsatishi mumkin. Ularning ta`siri natijasida o`zingizga bo`lgan ishonchingiz oshishi kutilmoqda. Bu ishchanlik qobiliyatingizni oshirsa ne ajab

HUT

(21.02-20.03)

Atrofingizdagi yaqin kishilarnigiz bilan munosabatlaringizdagi ayrim muammolarga echim topasiz. Bu ko`proq ish bilan bog`liq bo`ladi. Shu bois ham bu Sizga omad keltirishi mumkin. Hafta boshidagi jo`shqinlik Sizga hafta yakuniga qadar kuch bag`ishlab turadi. Eng muhimi, qulay imkoniyatlarni qo`ldan boy bermang. Shamollash kabi mavsumiy kasalliklar butkul kichkintoylarni iskanjasiga olmasdan oldini olish choralarini ko`ring. Dam olish kunlari oilaviy dam oling. Bu butun oy davomida o`zingizni tetik his qilishingizga zamin yaratadi

Шарҳлар

Ўқишга тавсия қиламиз