Ташкент +4° Fri 02:39
Долзарб мавзулар Foto

Bashorat 2019: Mezon

Бўлимлар: Munajjimlar bashorati
Теглар:
Добавлено: 15.01.2019, 12:52

Katta pul yutug`ini qo`lga kiritishingiz mumkin (24 sentyabr – 21 oktyabr)

Umumiy bashorat

2019 yil “To`ng`iz yili”da Mezon burjida tug`ilganlarga yulduzlar yangi ijodiy qirralarini ochishni maslahat bermoqda. Agar siz, haqiqatan, qiziqarli ish bilan mashg`ul bo`lsangiz, imkoniyat­laringiz yanada kengayadi va daromadingizni ko`paytirasiz.

“To`ng`iz yili”da o`qish yoki malaka oshirishingiz mumkin. Ko`pgina burj vakillari o`zlariga notanish va yangi kasbni o`zlashtiradilar. Bu bilan muvaffaqiyatlar sari yangi yo`llar ochilishi mumkin. Yaqinlaringiz bilan munosabatlarda e`tiborliroq bo`ling. Ishga berilib, ularni unutib qo`ymang. Yulduzlar bu borada yaqinlar bilan birga bayram tadbirlari o`tkazishni va tabiat qo`ynida hordiq chiqarishni maslahat berishmoqda. Sog`lig`ingizga kelsak, “To`ng`iz yili”da kasalliklardan yiroqda bo`lasiz. Ayniqsa, sport bilan muntazam shug`ullanib tursangiz, chiniqtiruvchi muolajalarni bajarsangiz va to`g`ri ovqatlanish tartibiga rioya qilsangiz nur ustiga a`lo nur bo`ladi. Kamroq achchiq kofe iching, tamaki mahsulotlari va spirtli ichimlik­lardan ham voz keching.

2019 yil taqdir kutilmagan uchrashuvlarini va`da qilmoqda. “To`ng`iz yili”da nafaqat sevimli insoningiz bilan, balki qalin do`st bo`la oladigan inson bilan ham tani­shishingiz mumkin.

Agar o`z juftingizni topsangiz yil o`rtalariga kelib to`y harakatini boshlaysiz.

Bahor faslining boshida burj vakillari o`z iqtidorlarini keng ommaga namoyish qilib, olqishlarga sazovor bo`ladi. Oilaviy hayotda ham taqdir sizga kulib boqadi. Agar yaqinlaringiz bilan munosabatlaringizni yaxshilasangiz, ular sizni sovg`alarga ko`mib tashlashadi. Yangi maishiy texnika olish harakatida yurganlar uchun bu sovg`alar ayni muddao bo`ladi.

Moliyaviy ahvolingiz ham havas qilarli darajada bo`ladi. Yoz boshidan kuzning oxirlariga qadar moddiy jihatdan qiynalmaysiz. “To`ng`iz yili”da katta pul yutug`ini qo`lga kiritishingiz mumkin. Yuqo­ri lavozimga tayinlanishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Daromadingizning ma`lum qismini xayr­li ishlarga sarflashni unutmang. “To`ng`iz yili” bu harakatlaringizdan quvonadi va sizni yil davomida qo`llab-quvvatlaydi.

Yulduzlar atrofingizda yolg`onchi va laganbardorlar berkinib yurganini, agar ular tuzog`iga ilinib qolsangiz, sizni chuv tushirib ketishi mumkinligini aytib, ogohlantirishmoqda. Shunday ekan, sizga o`zini do`stdek tutadigan kishilarni sinchiklab o`rganing va rejalaringizni har kimga ham aytavermang. Kuzda va qishning so`nggida daromadingiz ortadi. Chunki yil davomida shunga mos harakat qildingiz. “To`ng`iz yili” sizningharakatchanligingizni yaxshi baholab rag`batlantiradi. To`plagan mablag`laringizning bir qismiga yangi kiyim va taqinchoqlar olishingiz ham mumkin. Shuningdek, sizni ish va oilada qo`llab-quvvatlaganlarga ham minnatdorchilik bildirib qo`yishni unutmang.

ShAXSIY HAYoT

“To`ng`iz yili”da to`g`ri yo`ldan boradilar va oilaviy tinchlik xotirjamlikka erishadilar.Yulduzlar “Mezon”larga uy-joylarini ko`zdan kechirib, to`liq ta`mirdan o`tkazishni maslahat berishmoqda.

Ish bilan ovora bo`lib, atrofdagilarni unutib qo`ymang. Qarindoshlarni tez-tez yo`qlab turing. Xonadoningizda kichik bayramlar tashkillashtirib, yaqinlaringizni taklif qiling. Bu oilaviy hayotingizni yanada qiziqarli qiladi.

Uy-joyini ko`paytirish niyatida bo`lgan “Me­zon”lar uzoq kutishlariga to`g`ri keladi. Yil so`ng­gida kutilgan uyga ega bo`ladilar.

Oila qurmaganlar uchun esa o`z juftini topish biroz qiyinroq kechadi. Baxtingizni sabr va vazminlik bilan kutishga harakat qiling. Agar shaxsiy hayotingizda o`zgarishlar sodir bo`lmasa, qayg`urmang. Qolib ketgan muammolarni hal etishga kirishing.

SALOMATLIK

2019 yilda “Mezon”lar o`z salomat­lik­lariga befarq bo`lmasliklari kerak. To`g`ri ovqatlanib, organizmni chiniqtirishlari lozim. Qishin-yozin vitaminga boy mahsulotlar dasturxoningiz bezagi bo`lsin.

Agar badantarbiyani faqatgina bolalar qiladi, deb o`ylasangiz, adashasiz. Siz uchun ham har kuni jismoniy mashqlarni bajarish foydali. Nonushtaga suli yormasidan tayyorlangan bo`tqa, kontrast dush va kechqurun tinchlantiruvchi mashqlar bajarish shart.Yulduzlar 2019 yil kamroq asabiylashishni tavsiya qilishmoqda. Kuling – umringiz uzoq bo`ladi. Bu so`zlar 2019 yilda shioringizga aylanishi kerak.Vitamin jamlanmalarini ichish ham salomatligingizga yaxshi ta`sir qiladi.

Oshqozon va jigaringizni ham ehtiyot qiling. Agar ko`pdan beri shifokor ko`rigidan o`tmagan bo`lsangiz,“To`ng`iz yili”da zudlik bilan ushbu ishni amalga oshiring.

KARERA

2019 yilda o`z ish faoliyatingizni qizg`in olib borasiz. Moliyaviy ahvolni yaxshilashga harakat qiling.Yangi loyihalar ustida bosh qotirishga va yangicha yondashuvda ishlashga harakat qiling.

Sizga ish yuritishda tajribali va e`tiborli kishilar yordam beradi. Agar yuqori lavozimga ko`tarilish istagida bo`lsangiz o`qib izlanishdan qochmang. Qancha ko`p mehnat qilsangiz, daromadingiz ham shuncha ko`p bo`ladi.Mablag`ingizni foyda beradigan ishga sarflang. Tavakkalga asoslangan tadbirlardan qoching. Ba`zi burj vakillarini foydali xizmat safarlari, serdaromad ish (chet elda) va shaxsiy tadbirkorlikni yo`lga qo`yish kutmoqda. Eng asosiysi, o`zgarishlardan cho`chimang. Sodir bo`lajak barcha o`zgarishlar kasbiy mahoratingizning oshishiga ko`mak beradi.

Yil so`ngida yutuqli chiptani qo`lga kiritasiz va katta miqdordagi pul yutug`iga ega bo`lasiz. Shuningdek, dekabr oyida ozgina tanaffus qilib, dam olishga ham vaqt ajrating. Toliqib qolish salomatlikka zarar etkazishi mumkin.

AYoL "MEZON"LAR

Ayollar tabiatan aqlli, mantiqan fikr yuritadigan, latofatli va ta`sirchan bo`ladilar. Agar ular nimanidir xohlasalar, albatta, shunga erishadi.Sevgi qissalari xuddi ertaklardagidek tus oladi. 2019 yil ayol “Mezon”lar uchun sermahsul o`tadi. Kimlardir ularni ko`ngli nozik, yumshoq xislatli, deb bilsa, boshqalar intiluvchan va talabchan kishi sifatida ko`radilar. Ular barcha chiroyli, nozik va bashang narsalarni xush ko`radilar. Ayol “Mezon”larning erkaklar orasida do`stlari ko`p.

Agar 2019 yilda nafaqat atrofdagilarga, balki vaziyatga ham qarab ish tutsangiz omad kulib boqishi aniq. Ijodkor “To`ng`iz yili”da katta muvaffaqiyatlarga erishadi. Agar yanvar oyidan yozga qadar o`z hissiyotlaringizni nazorat qila olsangiz va “rahmat”, “kechiring” kabi so`zlarni unutmasangiz, ishda ham yuqori marralar sizniki bo`ladi. Faqatgina 2019 yilda juda ko`p ter to`kishingizga to`g`ri keladi.Anchadan beri o`ylab yurgan rejalaringizni amalga tatbiq etish vaqti keldi. Mana ko`rasiz, yil oxirida natijalar sizni quvontiradi.

“To`ng`iz yili”da o`qib, izlanishga va malaka oshirishga harakat qiling. Ana shunda yozga kelib moddiy ahvolingiz yaxshilanadi. Yilning ikkinchi yarmidahayotingiz tubdan o`zgaradi. Ba`zi ayol “Mezon”lar turmushga chiqishi mumkin.

ERKAK "MEZON"LAR

Erkak “Mezon”larning ishonchli do`stlari ko`p.Chunki ularning o`zlari ham tabiatanchiqishuvchan va ko`ngilchandirlar. Sevgida ham samimiy va sodiq kishilar sirasiga kiradilar. Yolg`izlik ularni kuchli ruhiy zo`riqishga olib kelishi mumkin. Atrofdagilarning gapiga quloq tutmasdan, dangasalikdan qochib ish ko`ring. 2019 yil ular uchun omadli kechadi. Atrofingizdagi kishilarga sergakroq bo`ling. Ular orasida hasadgo`ylari bo`lishi mumkin. Faqat o`zingiz yaxshi bilganlar bilan ish yuriting.

2019 yil oshqozon-ichak hamda jigarda muammolar yuzaga keladi. O`z vaqtida davolanilsa, kasalliklar ortda qoladi.

Yulduzlar oilangizdagilar — farzandlar bilan ko`proq muloqot qilib turishni maslahat berishmoqda. Jizzakilik qilmay, turmush o`rtog`ingizga yon bossangiz, oilaviy mojarolarni chetlab o`tgan bo`lasiz. Bo`ydoq “Mezon”lar 2019 yil to`y haqida jiddiy o`ylashga kirishing. Atrofdagilarga sinchkovlik bilan boqib, ular orasidan o`z juftingizni izlang. Biroq keyinchalik afsuslanib qolmaslik uchun qarorda shoshilmang.

Agar yuqoridagilarni inobatga olsangiz, yil davomida o`zingizni qoyilmaqom his qilasiz va hayotingiz yorqin xotiralarga boy bo`ladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes

SUG'DIYONA