13

SIZNI YaNADA NUFUZLIROQ VA MAOShI YuQORI BOShQA ISh TAKLIFI KUTMOQDA

Munajjimlar bashorati 09.01.2018, 14:50
4724
SIZNI YaNADA NUFUZLIROQ VA MAOShI YuQORI BOShQA ISh TAKLIFI KUTMOQDA

Umumiy bashorat

2018 yil “Savr”lar uchun ko`plab qiziqarli lahzalarni tayyorlagan, lekin bu burj vakillari birinchi navbatda o`z salomatligiga e`tibor qaratishlari lozim. Chunki sog`liq yil boshidanoq pand berishi mumkin. Tanaga kelgan ushbu “ogohlik chaqiruvi”ga jiddiy qaralmasa, kasallik oyoqda yurib, o`tkazilsa, tez orada shifoxona eshigini izlab qolish hech gapmas.

Davolanishni keyinga qoldirish shunchaki o`tib ketmaydi, kuch-quvvat to`plash uchun anchagina mablag` ham sarflashga to`g`ri keladi. “Savr”larga ish va dam olish rejasini puxta tuzib olishni, kuchlarini behudaga sarflamaslikni, har narsaga ham asabiylashmaslikni, ko`proq to`yib uxlashni maslahat beramiz.

“Savr”lar uchun birinchi o`rinda albatta, oila turadi. Bu burj vakillari oila rishtalarini mustahkamlashni eplaydi. Xonadonida ham qulay sharoit yaratib qo`yadi. Oila, xonadon ular uchun qo`rg`on, tayanch, jisman va ruhan dam oladigan tinch bandargoh kabidir. “Savr”lar o`jar, qaysar bo`lsalar ham, xonadonini yaxshilash uchun kuchini ayamaydi. Oilada yaxshi turmush o`rtoq bo`la oladi. Shu bilan birga, juftlaridan ham shuni talab qiladi. Sevimli yori uchun har qanday eksperimentlarga tayyor turadigan “Savr”lar ularni doim hayratlantirishga, xursand qilishga, g`amxo`rlik ko`rsatishga intiladi. Statistika ma`lumotlariga ko`ra, bu burj vakillarida ajralishlar kam bo`lar ekan. Ular uchun yaqinlarining qo`llab-quvvatlashi, zarur bo`lganda beriladigan do`stona maslahatlari juda muhim.

Yoz kelishi bilan yangi moliyaviy harakatlar evaziga hayotlarini yaxshilab olishga imkon bo`ladi. Qo`shimcha daromad kelishi bilan xorijga sayohatga otlanishlari mumkin. Uncha yaqin bo`lmagan odamlarga qarz bermaganingiz ma`qul. Aks holda uni qaytarib olish juda qiyin bo`lishini unutmang! Yil davomida moliyaviy o`sish va pasayishlar bo`lib turadi.

Karerada natijaga erishish uchun “Savr”lar ko`proq mehnat qilishlariga to`g`ri keladi.

“Savr”larning san`at asarlariga, chiroyli buyum­larga, go`zallikka mehri o`zgacha. Shu sababdan ular orasida dizaynerlar, san`atshunoslar, kolleksionerlar ko`proq etishib chiqadi. Uylaridan ham qadimiy san`at namunalarini topish mumkin.


ShAXSIY XAYoT

“Savr”lar tabiatan o`ta qiziqqon bo`l­adi. Ular ba`zan ahmoqona ishlarga ham qo`l urishlari mumkin. His-tuyg`ular jiloviga tushib qolmaslikni, uning o`rniga aqlga tayanib ish ko`rishni maslahat beramiz.

2018 yilda “Savr”lar o`z ustida qattiq ishlaydi, fe`lida yaxshi tomonga o`zgarishlar bo`ladi, ya`ni ular e`tiborli, muloyim, xushmuomala odamga aylanadi. Muhabbat bobida ham jiddiy va davomli munosabatlarni istab qoladi. Bu esa yangi hamrohlarini o`ziga maftun etadi. Erta bahorda yuz beradigan yangi tanishuv tezda muhabbatga aylanadi.

Yangi yosh oilalar farzandli bo`lish xushxabarini eshitadi. “Savr”lar yaxshi ota-ona, ular bolalariga qattiq bog`langan bo`ladi.

Shu bilan birga, kuzga borib, “Savr”lar chuqur depressiyaga tushishi mumkin. Bunday paytda ularga yaqin qarindoshlari yordam beradi. Xafagarchilik ularning ko`nglida chuqur asorat qoldiradi. Kuchli asabiylashish sog`ligiga salbiy ta`sir qilishi mumkin.

Yil oxirida “Savr”larni yana yangi tanishuvlar kut­moq­da. Albatta, “Savr”lar endi unga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo`ladi, chunki bir marta og`zi kuyganlari bo`lishi mumkin.

SALOMATLIK

2018 yil salomat­lik borasida za­rarli odatlari bo`l­magan, to`g`ri ov­qat­lanadigan, sport bilan shu­g`ul­la­na­digan burj vakillarinigina xursand qiladi. Agar vaziyat aksincha bo`lsa, demak sog`likka jiddiy e`tibor berish vaqti keldi. Organizmdagi kichik muammoni ham pisand qilmaslik kasallikka olib keladi, uni davolash esa qiyin kechadi. Birinchi zarbani yurak olishi mumkin. Ko`krakda og`riq sezilishi bilan davolanishga kirishing.

Tishlaringizga ham e`tibor qara­ting. Ular bilan jiddiy muammo bo`l­ma­sa-da, shunchaki shifokor ko`rigidan o`tib qo`ying.


KARERA

“Savr”lar haqiqiy mehnat­kash­lardir. Ular orasida ishyoqmas­lar kam topiladi. Ushbu burj ostida tug`ilganlar berilgan vazifani vaqtida bajarish uchun tunlari uxlamay chiqishlari mumkin. Bu ularning ishga mas`uliyat bilan yondashishlaridan darak beradi.

“Savr”lar 2018 yilda ishda baland marralarni egallagisi keladi. Bu uchun qattiq mehnat qiladi, moliyaviy ahvolini yaxshilashga urinadi. Burj vakillari o`ta mehnatkash, juda mas`uliyatli va tartiblidir. Shuning uchun ularning mehnati rahbariyat tomonidan munosib baholanadi. Ular yuqori lavozimga intilmaydi, ularga o`rtacha rahbarlik etarli. “Savr”lar qo`shimcha vazifalarni bajarishdan qochmaydi. Yil so`nggida ularni yanada nufuzliroq va maoshi yuqori boshqa ish taklifi kutmoqda. Yangi ish yangi yashash joyiga ko`chishga ham sabab bo`lishi mumkin.

Shuningdek, “Savr”lar ishxonada, jamoat joylarida doim chiroyli ko`rinishda bo`lishni yaxshi ko`radi. Ba`zan qimmat kiyimlarni sotib olishga qurbi etmasa-da, tashqi ko`rinishi benuqson bo`lishiga harakat qiladi, ust-boshi va poyabzallarini ozoda tutadi.

AYoL "SAVR"LAR UChUN

“It” yili ayol “Savr”lar uchun omadli o`tadi. Ular ni­hoyat o`z qallig`ini uchratishadi. Avvaliga u hayotida qanday rol o`ynashi tushunarsiz bo`ladi, lekin munosabatlar uzoqqa cho`ziladi. Yangi sevgi-muhabbat va do`stona munosabatlardan ayol “Savr”lar o`zlarini ko`klarga parvoz qilayotgan qushdek his qilishadi.

Qishga yaqin oilali “Savr”lar oila va farzandlariga e`tiborli bo`lishadi. Ba`zilari hatto ishdan bo`shab bo`lsa-da, oilasiga e`tibor qaratishadi. Bundan esa oila yanada mustahkam bo`ladi.

ERKAK “SAVR”LAR UChUN

Erkak “Savr”lar 2018 yilda sog`ligiga e`tibor qaratishi tavsiya qilinadi.

Yilning ikkinchi yarmida burj vakillarining moliyaviy ahvoli biroz yomonlashishi mumkin. Bu ularning shoshqaloqligi oqibatida yuz beradi. Moliyaviy tanglik atrofdagi insonlar bilan munosabatlarga ham salbiy ta`sir qiladi.

Erkak “Savr”larning o`ziga xos xususiyatlaridan biri — ularning ishonchli ekanidir, ya`ni ularga ishonish mumkin. Ushbu burj vakillari, shuningdek, hamma ishda tartibni xush ko`radilar. Ular butun hayotini orzusidagi muhit va sharoitni nafaqat o`zi uchun, balki yaqinlari, oilasi uchun yaratishga sarflashlari ham mumkin.

Shuningdek, ular biroz dunyoparast bo`ladi. Karerada ham, shaxsiy hayotda ham doim biror narsaning evaziga haq olishga urinadi. Erkak “Savr”lar qiziqqon va jur`atlidir. Biror ishni boshlashsa, iroda bilan uni oxiriga etkazadi. Ular boshqalardan yordam kutmaydi. Faqat o`zlariga va kuchiga tayanadi. Lekin agar ishning natijasi moddiy daromad olib kelmasa, oxiriga etkazishlari amrimahol.

Erkak “Savr”larning kuchli jihatlari: ishonchlilik, sabr­lilik, mehnatkashlik, oilaparvarlikdir.

Шарҳлар

Ўқишга тавсия қиламиз