13

DANGASALIKNI BUTKUL UNUTING!

Munajjimlar bashorati 09.01.2018, 15:35
4616
DANGASALIKNI BUTKUL  UNUTING!

Saraton

(22 iyun – 22 iyul)

Umumiy bashorat
Saraton burji ostida tug`ilganlar, 2018 yilga shaxtam qadamlar bilan katta rejalarni maqsad qilavering. Mehnat va izlanish bilan biroz toshli yo`llarni bosib o`ta olsangiz, marra sizniki. Rejalaringiz amalga oshishi mumkin.

Bu burjda tug`ilganlarning aksariyati juda ta`sirchan hatto hazilni ham jiddiy qabul qilishadi. Xarakteridagi qat`iyatsizlik esa ularga ko`p hollarda xalaqit beradi. “It” yilida ushbu odatingizni tarbiyalashga harakat qiling. Ana shunda omad ko`proq siz tomonda bo`ladi.

Shuningdek, Saraton burjidagilar hayotiy masalalarni doim o`zlari hal qilishga odatlanishgan. Bu yil biroz boshqacha yo`l tutishga urinib ko`ring. Yon-atrofingizda sizni yaxshi ko`rgan va tushunganlar ko`p. Faqat ularni ko`ra olsangiz, bas. Hayotiy muammolaringizga echim izlashda yaqinlaringizga imkon bering. Masalan, bahorning ilk kunlari biroz tashvishli bo`lishi kutilmoqda. Hammasiga o`zingiz elib-yugurmay, mas`uliyatni oila a`zolaringizga ham yuklang. Ular sizni ruhan va moddiy jihatdan qo`llab-quvvatlashga doim tayyor!

Bahor fasli oila qurmagan “Saraton”larga yangi tanishuv va jiddiy munosabatlarni va`da qilmoqda. Yangi qiziqish va tanishuvlar jiddiy qadam tashlab, yangi hayot boshlashingizga turtki bo`ladi.

Ish joyini o`zgartirgan burj sohiblariga yilning boshlanishi oson kechmaydi. Ammo haddan tashqari ishga “sho`ng`ish”, zo`riqishlar sog`ligingizga salbiy ta`sir etkazishi mumkin. Shuning uchun kuch va g`ayratingizni tejab, har narsada me`yorni unutmaslikka harakat qiling.

Kuz. Agar siz biror kattaroq xaridni rejalashtirgan bo`lsangiz, buni kuz oylarining birinchi qismiga qol­dir­ga­nin­giz ma`qul. Bu mavsumda savdo-sotiq ishlari juda qulay hamda karmoningizni to`ldirishingizga ham yordam beradi. Uyingizni ta`mirlash ishlari uchun ham kuzni kutganingiz ma`qul. Eng asosiysi, o`ylamasdan qadam tashlay ko`rmang. “Etti o`lchab, bir kessangiz”, yutqazmaysiz. Bundan tashqari, kuz oylarida qarz bera ko`rmang, pullaringizni qaytarib olishda qiynalib qolishingiz mumkin.

Kuz mavsumi saraton burji ostida tug`ilganlarga yaxshigina natijalarni va`da qilmoqda. Ular o`z sohalarida mashhurlik cho`qqisiga chiqishadi — sohada muvaffaqiyat, erishilgan natija va rag`bat ularni yanada ruhlantirishi aniq. Shuningdek, ochilmagan qirralarni kashf etishingiz ham hech gapmas. Boshqalarga namoyon etishdan uyalgan iqtidoringizni ko`rsatishdan cho`chimang. Bu sizga yaxshi moddiy yordam keltiradi.

Qishda esa hordiq chiqarish haqida jiddiy o`ylab ko`rishingiz lozim. Siz shu qadar ish bilan bo`lib qolgansiz, faqat dam olganingizdagina aslida naqadar yolg`izlanib qolganingizni his etasiz. Qish mavsumining sehrli kunlarida shaxsiy hayotingiz haqida ham o`ylab ko`rsangiz, zarar qilmasdi.


ShAXSIY XAYoT

Yil boshlanishida o`zingizni yolg`iz ekaningizni unutish uchun qalbingizga yaqin insonlarni izlay boshlaysiz. Ammo bu ish siz o`ylagandek, oson emas. Chunki “Saraton”lar ko`pincha qalbi nima istayotganini to`liq tushunib etishmaydi. Buning sababi talablarning ko`pligidir! Ular tasavvurdagi shahzoda yoki malikalarni shu qadar ideallashtirib yuborishganki, hayotda uni izlab, shunchaki sarson bo`lishlari mumkin. Insonlarni ideallashtirmaslik lozim. Bu narsaga oddiyroq qarang. Ana shunda boshlangan “qidiruv” ishlari ham engil kechadi. Sa`y-harakatlaringiz yilning ikkinchi yarmida natija beradi. Hordiq chiqarish yoki sayohatingiz davomida uni uchratib, muhabbatingizdan sarxush bo`lasiz. Hatto sizlarning sevgingizga atrofingizdagilar ham havas bilan qarashadi. Bir so`z bilan aytganda, uzoq kutilgan muhabbatingizdan haqiqiy baxtni tuyasiz!

Agar kelayotgan yilda muhabbatingizdan ayrilishga to`g`ri kelsa, uzoq va og`ir depressiyaga tushishingiz ehtimoli bor. Bunday holatda “Saraton”larga faqat yaqin do`stlar davrasi yordam beradi. Dardingizni eshitib, uni tushuna oladigan odamlar qalbingizga malham bo`lishadi.


SALOMATLIK


Yil boshlanishi bilanoq bu burj sohiblari hech narsaga qiziqish sezmay, hamma narsadan hafsalasi pir bo`ladi. Bu esa odam o`z salomatligiga e`tibor berish kerak, degan belgilardan biridir! Qattiq charchash, uyqusiz tunlar o`z ta`sirini o`tkazmasdan qolmaydi. Yanvar oyidan o`zingiz uchun vaqt ajrating, hordiq chiqarib, salomatligingizga e`tiborliroq bo`ling. Sog`liqni tiklovchi, asabni tinchlantiruvchi muolajalar sizga yaxshi yordam beradi.

Yilning ikkinchi yarmida allergiyadan ehtiyot bo`ling. Bu kasallik turini aniqlash, davolash, undan xalos bo`lish sizni qiynab qo`yishi mumkin.

Yana bir muhim tavsiya. Yil davomida tashqi ko`rinishingizga e`tiborli bo`ling!

Maslahat: Sport zalga qatnang. Basseyn, parhez tutish, turli kosmetik vositalardan foydalanib, o`zingizni xursand qilishni unutmang!

KARERA

2018 yilda sohangizda yax­shi­roq natijalarga erishishni maqsad qildingizmi? Demak, birinchi navbatda professionallarga xos bo`lishingiz shart! O`rganganlaringiz bilan chegaralanmasdan, malaka oshirishga, ko`proq o`qishga va dunyoqarashni kengaytirishga harakat qiling. Mehnatlaringiz samarasi zoe ketmaydi. Yilning birinchi yarmidayoq, sizga yangi lavozim taklif qilishlari mumkin.

Kuz mavsumi harakat va sermahsullikka intilishga juda qulay fursat. Ish joyingizda bo`ladigan tekshiruv va sinovlardan aslo cho`chimang. Bu nazorat ishlari bekorga emas. Siz unda nafaqat qo`yilgan talablarni bajara olasiz, balki o`z kasbingizning haqiqiy ustasi — professional ekaningizni ham isbotlash qo`lingizdan keladi. Biroq bu xulosalardan osmonlarga uchmang! Har bir natijaga albatta, harakat, intilish orqali erishiladi. Bu gaplarni ishdagi shioringizga aylantirsangiz, omad eng yaqin do`stingizga aylanishi aniq.bo`ladi.

AYoL "SARATON"LAR
Ayol “Saraton”lar 2018 yilda o`zla­rining jozibasi, nafisligi va latofati bilan boshqalardan ajralib turishadi. Shuningdek, ulardagi qaysarlik ham e`tiborsiz qolmaydi. Agar siz sevgan qiz ushbu burjda tug`ilgan bo`lsa, siz ham xarakteringizni qat`iylashtirishingiz kerak. Aks holda ayol “Saraton”larning ko`nglini olishga bo`lgan urinishlaringiz samarasiz bo`ladi. Ular o`zlaridan kuchsiz, fe`l-atvori bo`shroq bo`lgan erkaklarni yoqtirishmaydi. Ayol “Saraton”larga mard, kuchli, bir so`z bilan oilada kim ustun ekanini isbotlay oladigan erkak kerak.

2018 yilning ikkinchi yarmi ayol “Saraton”lar uchun katta o`zgarishlarni olib kelmaydi. Ular o`z sohasidagi ishlariga shu qadar kirishib ketishadiki, shaxsiy hayotga vaqt qolmaydi. Bu esa oiladagi mayda kelishmovchiliklarga e`tibor bermaslikka yordam beradi. Ammo siz bo`sh kelmang. Yilning yakunida o`zingiz kutmagan holat yuzasidan qat`iy qarorga kelishingizga to`g`ri keladi.

ERKAK “
SARATON”LAR UChUN

Erkaklar, 2018 yilda sizdan o`z mahoratingizni oshirib, kasbdagi professionalizmga erishish talab qilinadi. Uzoq yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan sohangiz, xuddi sizniki emasdek, tuyilyaptimi? Anchadan buyon boshqa yo`nalishda o`zingizni sinab ko`rishni istayotgan bo`lsangiz, o`sha fursat keldi! 2018 yil yashirin qobiliyat va qirralaringizni ko`rsatish uchun juda qulay. Bu o`z o`rnida sizdan ancha kuch, vaqt talab qiladi. Dangasalik qilmang! Lozim bo`lsa, yangi yo`nalishda bilimingizni oshirish uchun o`qing. Bu esa omad siz tomonda, degani. Bugun qilingan mehnatlaringiz, ertaga o`z mevasini bermasdan qolmaydi. Oila qurmagan erkak “Saraton”lar, o`z juftingizni topish vaqti keldi. Darvoqe, 2018 yilda barpo bo`lgan oilalar juda mustahkam bo`lishi ham aytilmoqda.

Шарҳлар

Ўқишга тавсия қиламиз