13

MOLIYaVIY ERKINLIKKA ERIShASIZ

Munajjimlar bashorati 10.01.2018, 09:57
165
MOLIYaVIY ERKINLIKKA ERIShASIZ

MEZON

(24 sentyabr – 21 oktyabr)

Umumiy bashorat
Mezon burjida tug`ilganlarning ramziy ajralib turadigan jihati, bu — ushbu burjning biror jonzod bilan bog`liq emasligidir.

Mezon burjida tug`ilgan insonlarning tashqi ko`ri­nishi yoqimli, jozibali bo`ladi, bu bilan boshqalarni o`ziga qarata oladi.

“Mezon”larga o`ta harakatchanlik, epchillik, top­qirlik, tashabbuskorlik, xushchaqchaqlik xosdir.­ Biroq ularga ushbu xususiyatlarini saqlab qolish­la­ri uchun yonida doim hamrohi bo`lishi talab etiladi. Hamroh ularga yo`l-yo`riq ko`rsatishda, xavf-xatarlardan himoya qilishda ko`mak berishlari kerak. Shuning uchun “Mezon”larning qirralari yonida jufti bo`lgandagina ochiladi.

Mezon vakillari uchun birinchi uchrashuv, birinchisuhbat, birinchi taassurot ahamiyatli. Ularning keyingi xulosalarida ilk taassurotlar o`z ta`sirini o`tkazadi. Garchi bu doim ham o`zini oqlamasa-da...

Kelgusi yilda “Mezon”larning oliy maqsadi o`zining moddiy ta`minotini, turmush sharoitini yaxshilash bo`ladi. Buning uchun esa moliyaviy erkinlikka ega bo`lish muhim. Ba`zan haddan ziyod ishga ko`milib ishlash oilada tushunmovchiliklarni, turmush o`rtog`i bilan munosabatlarida sovuqlikni keltirib chiqarishi mumkin.

“Mezon”lar ko`p hollarda qarama-qarshi­lik­lar­ning ishtirokchisiga aylanib qoladi. Ular jahli chiqsa hissiyotlarini jilovlay olmasligi, bu bilan yaqin insonini xafa qilishi va hatto u bilan aloqani uzishi mumkin. Agar bu holat yuz bersa, ko`proq ishga berilishni, o`zini ijodiy ishlarga bag`ishlashni tavsiya etamiz. Sevimli xobbi yoki qiziqishlarni hayotda amalga oshirish uchun pul sarflansa, u yaqin orada ijobiy natijalarni bera boshlaydi.

Burj vakillari ko`proq daromad topishlari uchun tavakkal qilishlariga to`g`ri keladi.

Yoz faslida o`zlarini yaxshi tomonlama ko`r­sa­tish­­lariga imkon bo`ladi. Bu esa nazardan chetda qol­maydi, eski tanishlar bilan yana aloqa tiklash eh­timoli ham bor.

Qish kelishi bilan “Mezon”larni teri, ko`z kasalliklari bezovta qilishi mumkin. Shifokorlarga borishni keyinga qoldirmang, aks holda davolanish uzoq cho`ziladi.

Uncha yaqin tanish bo`lmagan odamlarga qarz bermaslikni yoki shubhali ishlarga pul tikmaslikni qat`iy tavsiya qilamiz. Zero, aldanib qolish yoki pullardan ayrilib qolish ehtimoli bor.

ShAXSIY XAYoT

Oiladagi bir xillik “Mezon”larni ze­rik­tirib qo`yishi mumkin. Ular ser­mu­hab­batliligi, ishq-muhabbati qaynab tu­rishi sababli oilada ham sarguzashtlarni izlashadi. Zerikarli hayot tarzi ularni qoniqtirmaydi, burj vakillari ulfatlar bilan o`tadigan gap-gashtaklarni, turli bayramu bazmlarni xush ko`rishadi.

“Mezon”lar yaxshi, ishonchli do`st bo`la oladi. Do`stlari uchun har narsaga tayyor bo`lishadi, biroq kamdan-kam haqiqiy baxtiyorlikni his qiladi. Yonidagi jufti ularni tushunadigan, boricha qabul qiladigan, kamchiliklariga ko`z yumadigan bo`lsagina qalb xotirjamligiga erisha oladi.

Muhabbat bobida kelasi yil sarguzashtli boshlanadi. Ularning juftlari doim yonida bo`ladi va har ishida qo`llab-quvvatlaydi. Ular sevimli bo`ladi va o`zlari ham sevgiga javob qaytaradi. Oilali burch vakillari oilani yanada mustahkamlashga e`tibor qaratadi. Yolg`iz “Mezon”lar esa o`z juftlarini uchratadi. Ularning tanishuvi tezda oila rishtalari bilan bog`lanadi.

Biroq ayrim “Mezon”lar juft tanlashda o`ta injiq bo`lishadi. Agar nomzodda bitta bo`lsa ham talablariga to`g`ri kelmaydigan jihatni ko`rishsa, voz kechib qo`yadi. Ularga o`zlariga o`xshash, lekin ishonchli va sabrli nomzodlar ma`qul keladi. Lekin har biriga injiqlik bilan qarab, maydalashaversa, yolg`izligicha qolib ketishi ham mumkin.
SALOMATLIK

“Mezon”lar “It” yilida ishga ko`­milib qo­ladi. Shu bois dam olishga vaqti etishmaydi. Bu esa orga­nizmga salbiy ta`sir qilishi mumkin. Charchoq, stress, yurak xuruji va hazm qi­lish tizimida bezovtalik­lar bo`ladi. Tez-tez stressga tushish qon bosimining oshishi va tushishiga, immunitet pasayishiga olib keladi. Malakali shifokorlar ko`rigidan o`tishni, yaxshilab hordiq chiqarishni maslahat beramiz.


KARERA
“Mezon”lardan yaxshi o`rinbosar va yordam­chi chiqadi. Ular jamoada ishlashni xush ko`­ra­di, yolg`izlikda ishlay olmaydi, yakka o`zi muvaffaqiyatlarga erisholmasligi mumkin.

“Mezon”lar orasida shoirlar, ada­biyot­shu­noslar, umuman iqtidorli kishilar ko`proq etishib chiqadi. Lekin bunda ham ularning yonida ilhom baxsh etib turuvchi biror hamroh bo`lishi shart. Ularning yordami bilangina maqsadlariga erisha oladi.

Burj vakillari kuchli diplomat ham bo`ladi. Shu bois har qanday kishi bilan tez til topishib ketadi, ko`nglini oladi, o`zaro murosa qiladi. Ular doim boshqalarga xayrixoh bo`ladi, doim kimnidir sevib yuradi, bahs-munozaralardan, janjallardan qochadi, eng mushkul damlarda ham kelishuvga erisha oladi.

2018 yilda karera bobida oq va qora chiziqlar kabi o`zgarishlar bo`ladi. Bunday o`zgarishlarning asosiy sababi ish bilan bog`liq. O`z xizmat vakolatidan shaxsiy manfaatlar yo`lida foydalanish ishdan ayrilib qolishga olib keladi.

Tadbirkor va ijodkor “Mezon”larning esa ishi baroridan keladi. Yaxshigina daromadga ham ega bo`lishadi.bo`ladi.


AYoL
"MEZON"LAR
Kelayotgan yilda ayol “Mezon”lar kuchli, qat`iyatli bo`lishdan charchab, o`zlarini himoyasiz sezishni, birov unga tayanch bo`lishini istab qolishadi. Bunday tayanch bo`la oladigan insonni ular bahorning o`rtalarida uchratishadi. Ma`lum muddat u odam “Mezon”larning ishonchini oqlamaydi va o`rtada tushunmovchiliklar kelib chiqadi. “Mezon”larning ishonchini yana tiklash esa juda qiyin bo`ladi.

Yozga kelib tashqi ko`rinishini o`z­gar­ti­rishga kirishadi. Bunda go`zallik salonlariga borish, sog`lom ovqatlanish, mashq zallariga borish tavsiya etiladi.

Tashqi go`zallik yil oxiriga borib e`tiborga tushadi va ularni ajoyib uchrashuv kutadi.


ERKAKMEZONlar UChUN

Erkak “Mezon”lar yangi yil­da ishga ko`milib qoladi. Bun­da g`ayrat bilan ishlab ra­qo­bat­chi­lariga yo`l bermaydi. Albatta kichik xatolar bo`lib turadi, lekin katta hajmda qilingan ishlar soya­sida ular e`tiborni tort­maydi.

Yilning ikkinchi yarmida erkak “Mezon”lar­ning yuqori lavozimga ko`tarilishi hamda oylik maoshining oshishi kutilmoqda. Buning natijasida avtomobil yoki uy sotib olish imkoniyati paydo bo`ladi.


Шарҳлар

Ўқишга тавсия қиламиз