13

YaXShI KAYFIYaT YuQUMLI BO`LADI, ATROFDAGILARGA HAM QUVONCh YuQTIRING

Munajjimlar bashorati 10.01.2018, 11:02
6032
YaXShI KAYFIYaT YuQUMLI  BO`LADI, ATROFDAGILARGA HAM QUVONCh YuQTIRING

Jadiy

Umumiy bashorat

“It” yili “Jadiy”lar uchun kutilganidek omadli, samarali yil bo`ladi. Ko`zlagan natijalarga erishish uchun albatta biroz ter to`kishga ham to`g`ri keladi. “Jadiy”lar mehnatdan qochmaydigan burj vakillari bo`lganliklari uchun ham mazkur masala ularga muammo tug`dirmaydi. Mablag` topishning yangi yo`llarini izlash “Ja­diy”­lar uchun mushkul kechmaydi. Fikru xayoli shu masalaga yo`naltirilgani bois doim ham yaqin­lariga etarlicha e`tiborli bo`lisholmaydi. Ular ishning ko`zini bilganliklari bois yuqori natija hamroh bo`ladi. Biroq ishga mukkangizdan ketganingiz natijasida kuchli charchoq, asabiylik, ishtahasizlik, uyqusizlikka duch kelishingiz mumkin. To`g`ri shifoxonaga yo`l olmaslik uchun ishda ham, munosabatlarda ham me`yorni unutmang. Zero, barcha mablag`ni yig`ib, sog`liqni esa sotib ololmaysiz. Uyqu va dam olish vaqtini aniq belgilab oling. Yo`l-yo`lakay tartibsiz ovqatlanishga ham chek qo`ying. Yo`qsa, oshqozon-ichak yo`llari xastaligiga chalinib, ortiqcha vazn muammosiga duch kelasiz. Vaziyatni o`nglash esa qiyin kechadi. Natijada kimdir qat`iy parhez, boshqalar trenajyor zaliga bog`lanib qoladi.

Kuzda “Jadiy”larda qo`shimcha ta`lim olish istagi tug`iladi. Natijada mo`may daromad bilan karera “zinapoya”laridan shaxtamlik bilan yuqorilashadi. Hatto qo`shimcha ish ham topib, moddiy ahvolini yaxshilay olishning uddasidan chiqishadi. “Jadiy”lar xuddi o`ziga bo`lgani singari qo`l ostidagi ishchilarga ham talabchan. Doim olg`a intilishni xush ko`ruvchi “Jadiy”larning qattiqqo`lligini atrofdagilarning bari ham qabul qila olmaydi. Natijada ziddiyatli va­zi­yat­lar yuzaga kelishi ham hech gapmas. Biroq bu tushunmovchilikni dasturxon atrofidagi bayramona muhit izga soladi.

Yolg`iz “Jadiy”lar uchun ham “It” yili talaygina quvonchli onlarni taqdim etadi. Demak, tashvishga hojat yo`q, barcha rejalaringiz rejaligicha qolib ketmaydi. Qishga yaqin eng muhim istagingizni amaldagi natijasi sizni o`ylantira boshlaydi. Aniqrog`i, orzuingizdagidek insonni izlashga kirishasiz va yilni o`zingiz istaganingizdek romantik onlar bilan yakunlaysiz.

Oilali “Jadiy”lar esa samarali mehnatdan so`ng haqli ravishda ta`tilga chiqib, oilaviy dam olishga yo`l olishadi. Oila davrasida o`tgan damlaringiz 2018 yildagi eng unutilmas onlar sifatida xotira “kitob”ingizdan alohida o`rin egallaydi.

ShAXSIY XAYoT

Yolg`iz “Jadiy”lar o`z juftini izlashga shu qadar kirishib ketishadiki, har uchrashuvda “shu taqdirimmi?” degan savolga javob topish qiyin kechadi. Izlanishlari besamar ketganidan ranjishadi.

Yilning ikkinchi yarmida esa oila qurish masalasiga qat`iyat bilan yondashishadi. Biroq avval munosabatlarda xush­muomala bo`lish kerakligi haqida jiddiy fikr yuriting. Yo`qsa manmanlik bilan ko`zlagan natijangizga erisha olmaysiz. Fe`l-atvoringizni yaxshi tomonga o`zgartira olsangiz, yozda orzuingizdagi insonni uchrata olasiz. Baxtingiz uchun odatlaringizni o`zgartirish qiyin kechmasa kerak?!

Oilali “Jadiy”lar juftidan ko`ra ko`proq farzandlariga e`tiborli bo`lishadi. Biroq yaxshi-yomon kuningizda sizga tirgak bo`ladigan qadrli insoningizni ham unutmang! Shaxsiy hayotdagi romantikani saqlab qolish uchun sizdan ko`p narsa talab etilmaydi. Ayolga ham, erkakka ham birgina e`tiborning o`zi kifoya. Shuningdek, o`zingizga bo`lgan e`tibor haqida ham unutmang! Kiyimga qarab kutib olib, aqlga qarab kuzatishlari yodingizdadir. Ko`rkam ko`rinishga ega bo`lish uchun sport zallari, go`zallik salonlariga tez-tez borib turishni kanda qilmasangiz, natija siz kutgandan-da tezroq bo`y ko`rsatadi.

2018 yilda turli bayram va yaqinlar davrasi ham sizsiz o`tmaydi.
SALOMATLIK

“Jadiy”lar jismoniy holatiga jid­diy qaraydigan burj vakillaridan biri. Kasallikning ilk alomatlarini sezishlari bilan darhol davolanishga kirishadi. Sog`ligi yomonlashganda qan­cha­lik e`tiborli bo`lishmasin, xatolarga yo`l qo`yishadi. Aniqrog`i, yog`li, uglevodlarga boy taom­larni ko`p miqdorda iste`mol qilishadi. Natijada ortiqcha vazn va hazm qilish muammolariga duch kelishadi. Shifokor nazoratidan tashqari qat`iy parhez tutib, taomnomangizni ko`rib chiqishingiz lozim.

Noyabr va dekabrda teri xastaliklari, allergiya bilan bog`liq xastaliklar bezovta qilishi mumkin. Bunday holatda shifokorga uchrashingiz shart! 2018 yilda asabiylashish, hamma narsaga kuyunaverish odatingizni tashlashni tavsiya qilamiz. Yo`qsa, bu holatdan chiqib ketishingiz qiyin kechadi. Immunitetingizni mustahkamlash uchun sportning suzish turi bilan shug`ullanish, tog` yon-bag`irlarida hordiq chiqarish ham yaxshi natija beradi. Shunda sog`ligingizda ham, kayfiyatingizda ham muammo bo`lmaydi. Doim yuzingizda tabassum bo`lsin, muhimi, yurakdan kulish. Unutmang, yaxshi kayfiyat yuqumli bo`ladi, atrofdagilarga ham quvonch ulashing!
KARERA

Karera borasida 2018 yil u qadar omadli bo`lmaydi. Gap ularning moddiy holatida emas. “Ja­diy”­lar maqsadiga erishish yo`lida istalgan to`siqni bosib o`tishadi. Natijada hamkasblarini ranjitib qo`yishlari hech gapmas. Oxir-oqibat tanlashdan o`zga chorangiz qolmaydi. Yo hamkasblar bilan munosabatlarni izga solasiz va ish joyin­gizda qolasiz yoki boshqa ish izlaysiz.

Fevral va mart oylarida moliyaviy ahvolingiz ko`ngildagidek kechmaydi. Shu bois oilaviy xarajatlaringizni aniq rejalab oling va undan bir qadam ham og`ishmang.
AYoL “jadiy”LAR

Nozik xilqat vakillari ham ishda yuqori natijaga erishish istagida harakat qilishadi. Ular tengsiz mehnatsevarlar. Ayol “Jadiy”lar tartibli bo`lganliklari bois ularga mas`uliyatli va rahbarlik ishlarini ishonib topshirishadi. Ayol “Jadiy”larning bu xislat­lariga hatto qarshi jins vakillari ham hasad bilan qarashadi.

Muhabbat bobida ayol “Jadiy”lar xuddi erkak­lar singari o`zlariga kerakli e`tibornigina qabul qilishadi. Ayol “Jadiy”lar yil davomida asosiy e`tiborini oila, ayniqsa farzandlariga qaratishlari lozim. Yil o`rtalariga borib, uy, sog`liqni tiklash bilan bog`liq yirik xarajatlar kutilmoqda. Mablag` borasida qiyinchiliklarga duch kelmaslik uchun tinimsiz ter to`kishingizga to`g`ri keladi.

Bahor kelishi bilan issiq o`lkalarga sayohat uyushtirishadi. Yaxshi dam, mehnatga hamdam bo`ladi. Istaklari yo`lida sezilarli xarajatni ham pisand qilishmaydi.
ERKAK “Jadiy”­lar UChUN

2018 yilda erkak “Jadiy”lar maksimal darajada uddaburon bo`lishadi. Ularning bu olg`irliklari yilning ikkinchi yarmida o`z natijasini berib, moddiy holati barqarorlashadi. Tez-tez ishdan bosh ko`tarib, oila-a`zolaringiz, yaqinlar, do`stlar bilan bir dasturxon atrofida yig`ilib, ko`tarinki kayfiyatni ta`minlashni ham unutmang.

Do`st bilan obod uying,

Gar bo`lsa u vayrona ham.

Do`st qadam qo`ymas esa,

Vayronadir koshona ham.

misralarini doim yodda tuting.

Oila qurmagan “Jadiy”lar uchun “It” yili sevgi borasida ham omadli bo`ladi. Yillar davomida xayolingizda shakllangan idealingiz qarshingizdan chiqadi. Iliq munosabatlar shubhasiz mustahkam rishtalarni bog`lanishiga zamin bo`ladi.

Шарҳлар

Ўқишга тавсия қиламиз