13

BARChANING E`TIBORIDA BO`LASIZ

Munajjimlar bashorati 10.01.2018, 11:09
5994
BARChANING E`TIBORIDA BO`LASIZ

Dalv

(21 yanvar – 19 fevral)

Umumiy bashorat

Dalv burji ostida tug`ilganlarning bosh­qa­lardan ajralib turadigan jihati — ular doim a`lo kayfiyatda yurishadi. Birinchi ko`rgan odam bilan ham tez til topishib ketish ularga muammo tug`dirmaydi. Ular tabiatdan tashkilotchi bo`lib, ijodiy ishlarni yaxshi bajara olishgani uchun birinchilik, sardorlikka bo`lgan qiziqish kuchli. Do`stlar davrasida e`tibor markazida bo`lishadi va dasturxon to`ri ularniki. Oddiy kunni ham bayramga aylantirish ular uchun hech gapmas. “Dalv”lar uchun 2018 yilning har kuni bayramona kayfiyatda o`tishi va`da qilinmoqda. Ammo o`zingizdagi “kreativ” g`oyalarni amalga oshirishda shoshqaloqlikka yo`l qo`ymang. O`ylamay bosilgan qadam, yaxshigina moliyaviy qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun yil davomida ehtiyotkor bo`lganingiz ma`qul.

Yuqorida aytganimizdek, “Dalv”lar uchun jamoa bo`lib ishlashdan ko`ra, o`z iqtidorini mustaqil tarzda ko`rsata olish juda muhim. 2018 yil ofis yoki biror-bir korxonada ishlaydigan “Dalv”lardan ko`ra, o`zining shaxsiy ishini ochganlarga omadliroq kelishini alohida ta`kidlash lozim. Shunday ekan, anchadan buyon rejalashtirib yurgan biznes rejangizni hayotga tadbiq etish vaqti keldi. Faqat bunda puxtaroq yondashuvda bo`lishni unutmang.

Qishning sovuq va qorli kunlari ular uchun o`zgacha quvonchli o`tadi. Bu mavsumda ular o`zlarining moliyaviy ahvollarini ancha o`nglab olishlari mumkin. Ishlab topilgan pulni shoshmasdan, aql bilan ishlatish tavsiya etiladi. Anchadan buyon rejalashtirib qo`ygan ishlaringizni amalga oshiring, yaqinlaringizni xursand qilishni ham unutmang!


ShAXSIY XAYoT

“Dalv”lar tabiatan juda oilaparvar bo`lishadi. Oila a`zolari va yaqinlari uchun doim hamma narsaga tayyor turishlari esa tahsinga loyiq. 2018 yilda ham shunday davom eting, ish bilan bo`lib oila ikkinchi darajaga tushib qolishining oldini olganingiz ma`qul. Yilning ikkinchi yarmida oila a`zolaringizga e`ti­borli bo`lishni tavsiya etamiz. Dam olish kunlarini birga o`tkazish, bayram kunlarida taqdim etilgan kichik sovg`alar ham munosabatlarni ijobiy tomonga o`zgartirishiga sabab bo`lishi mumkin.

Sizdagi xarizmatik fe`l-atvor boshqalarning e`tibor markazida bo`ladi. Faqat bunda birgina maslahat, munosabatlarda nafaqat o`zingizni, balki boshqalarning ham qiziqishlarini inobatga oling. Axir har bir ishda ikki tomonning ham xohish-istaklariga quloq tutish shart. Qish oylarida yangi tanishuvlarga tayyor turing. O`zingiz kutmagan paytda bo`ladigan uchrashuv kelajakdagi taqdiringizni hal qilishi mumkin. Ammo ketma-ket yangi tanishuvlar ichida o`z odamingizni topish oson bo`lmaydi. Qo`l siltashga shoshmang, 2018 yil shaxsiy hayotingizda yangi varaq ochilishi kutilmoqda. Shunday ekan, har qanday vaziyatda ham o`zingizdagi samimiylik va quvnoqlikni saqlab qoling.

Yoz mavsumi ham “syurpriz”larga boy. Shunday bo`lsa ham yon-atrofingizdagi voqealarga befarq bo`lmaganingiz ma`qul. Bu davrda hamkasb va do`stlaringiz bilan o`rtangizda oddiy tushunmovchilik tufayli janjal kelib chiqishi mumkin. Bunday vaziyatda xotirjamlik sizga yordam beradi.

SALOMATLIK

“Dalv”lar o`zlarining sog`liqlariga juda befarq qarashadi. Hayot­ning barcha tashvishlari, ishdagi mu­ammolar, inson salomatligi oldida hech gap emas. Birinchi o`rinda o`zingizni sevib, yil boshidanoq mutaxassis ko`rigidan o`tib, kerakli muolajalarni olishga harakat qiling.

Yilning ikkinchi yarmida esa yomon odatlaringizdan voz kechishga urinib ko`ring. Masalan, tamaki mahsulotlarini chekish yoki spirtli mahsulotlarni iste`mol qilish zarar ekanini yaxshiroq anglab eting. Aks holda, ular oqibatida jiddiy kasallik­lar kelib chiqishi mumkin. Haddan tashqari jismoniy zo`riqishlardan ham uzoqroq yuring.

KARERA

“It” yilida biror-bir muvaffaqiyatga erishish uchun yaxshi tanishlarni ishga solishga to`g`ri keladi. Yaqinlar, do`stlaringiz bilan qilingan hamkorlik mo`maygina daromad keltirishi mumkin. Takliflarni yaxshilab o`ylab chiqing. Yoz mavsumida sizni katta zafarlar kutmoqda. Jamoa oldida sizga qaratilgan maqtov gaplardan ruhlanib rejalashtirgan yirik ishlarni o`zingiz amalga oshirasiz. Ammo bir xillikdan charchagan, yangi ishda o`zini sinab ko`rmoqchi bo`lganlarni ham omad yolg`izlatib qo`ymaydi. Yuqo­rida ta`kidlaganimizdek “Dalv”lar uchun birin­chi­lik o`ta muhim. Shuning uchun ham har qanday qi­yin­chi­liklarga qaramay, zimmangizdagi ishni ado eta oli­shingizni isbotlaysiz.

Yangi sohada o`qish, malaka oshirish kabi ishlarni rejalashtirgan “Dalv”larga ham omad kulib boqadi. Talaba bo`lish orzusida yurgan “Dalv” abiturientlar, 2018 yilda marra sizniki, harakat va izlanishdan sira to`xtamang.

AYoL “DALV”LAR

Turmush qurmagan ayol “Dalv”lar­ing kirib kelayotgan yilga rejalashtirgan asosiy maqsadi — muhabbat! Ular hamma narsadan muhim bo`lgan bu tuyg`u uchun boshqa narsalardan voz ke­chishlari ham mumkin. Qalb egasini uchratishdan avval birinchi navbatda o`zingizdagi salbiy jihatlardan voz kechishingiz lozim. Vaziyatlarga muammo sifatida emas, oddiy nazar bilan qarashga o`rganing. Talablarni kamaytirib, insonlarni boricha qabul qilmog`ingiz kerak.

Hayotingizdagi muammolar qattiq charchash yoki aqliy zo`riqish oqibatida kelib chiqadi. Demak, ko`nglingiz istagandek dam olishga harakat qiling. Hamma narsani unutib, sevimli mashg`ulotlaringiz bilan shug`ullanish asab tizimini tinchlantirishda yordam beradi.

2018 yilning ikkinchi yarmida anchadan buyon o`ylab yurgan rejalaringizni amalga oshirish imkoniyati tug`iladi. Ana shunda qiyin tanlovlardan biri — ish yoki oilani tanlashga to`g`ri keladi. Ayol “Dalv”lar o`tkir zehni va mushohada qila olishlari bilan e`tiborlidirlar. Tanlovni to`g`ri amalga oshirishda qalbga quloq tutish kerakligini ham unutmang!


ERKAK “DALV”LAR UChUN

2018 — “It” yili erkak “Dalv”lar uchun juda omadli ke­ladi. Ular hayotdagi har bir vazifalarini astoydil, o`zlari istagandek bajara olishadi. Oilada mehribon turmush o`rtoq va ota, ishda esa tengi yo`q xodim yoki rahbar sifatida tilga olinadi.

Ammo shunday bo`lsa ham, yilning ikkinchi yarmida yaqinlariga ko`proq e`tibor berishlari lozimligini eslatib o`tmoqchimiz. Bu bilan ishdagi muhim vazifalar keyingi darajaga tushib qoladi-ku, deb xavotirlanmang. Har bir inson uchun oila va yaqinlari birinchi o`rinda ekanini yodda tutishingiz lozim.

Bu yil erkak “Dalv”lar uchun ancha sermahsul kelishi kutilmoqda faqat buning uchun yil sohibining mehnatkashligini o`zingizga singdirishingiz lozim bo`ladi. “It” yili o`zi kabi sadoqatli va mehnatsevarlarni yaxshigina siylashi mumkin.

Шарҳлар

Ўқишга тавсия қиламиз