Braziliya poytaxtida 10 mingdan ortiq kishi jahon chempionatini o`tkazishga sarflangan ortiqcha mablag` uchun qarshi namoyishlar bilan chiqdi.
Namoyishlar mamlakatning 10 dan ortiq shaharlarida bo`lib o`tdi. Shu qatori San-Paulu va Rio-de-Janeyro shaharlarida ham.
Braziliya fuqarolari hukumatni jahon chempionatiga me`yordan ko`p pul sarflagani uchun tanqid qilishmoqda. Ular hukumatdan mablag`ni futbol chempionatini o`tkazishga emas, balki sog`liqni saqlash, ta`lim, xavfsizlik va boshqa muhim yo`nalishlar uchun sarflashni talab qilishmoqda.
Interfaks axborot agentligining xabar qilishicha, Braziliya jahon chempionatini o`tkazish uchun tahminan 14 milliard AQSh dollari miqdorida pul sarflagan.