Sevimli

Dunyodagi eng qimmat ajralish: Milliarder boyligidan ayrildi

Dunyo 20.05.2014, 12:00
Dunyodagi eng qimmat ajralish: Milliarder boyligidan ayrildi

"Monako" futbol klubi egasi rossiyalik milliarder Dmitriy Ribolovlev Dunyodagi eng qimmat ajralish nominasiyasida rekordni o`rnatdi.

Forbes uning boyligini 8,8 milliardga baholagan edi, Jeneva sudi esa uning sobiq xotini Elenaga boyligining teng yarmi - 4,4 milliard AQSh dollarini berishga qaror qildi. Bundan tashqari Elena Ribolovleva 13 yoshli qiz farzandiga vasiylik qilish huquqini ham qo`lga kiritdi. Shuningdek, rossiyalik milliarder Jeneva yaqinidagi katta uyini ham sobiq turmush o`rtog`iga berishi lozim. 

Shu tariqa, rossiyalik biznesmennning ajralishi dunyodagi eng qimmatiga aylandi, deb yozadi Huffington Post

Elena va Dmitriy Ribolovlevlar 1987 yilda turmush qurishgan. Juftlikning ikki nafar qiz farzandi bor. 2008 yilda boshlangan ajralish jaryoni faqatgina bugunga kelib yakunlandi.     

Шарҳлар