Sevimli

Ispaniyada 35 yil ichida ilk bor buqalar jangi bekor qilindi

Dunyo 22.05.2014, 12:16
Ispaniyada 35 yil ichida ilk bor buqalar jangi bekor qilindi

Madridda korrida bekor qilindi. Interfaks agentligining xabar qilishicha, Ispaniya poytaxtida 35 yil ichida ilk bor buqalar jangi o`tkazilmadi.

Tashkilotchilar o`tgan janglarda uch nafar matador jiddiy jarohat olgani sababli ushbu qarorga kelindi.  Mashhur matador David Mora buqaning shoxidan oyog`iga jiddiy jarohat oldi. Hozirda shifokorlar uning ahvolini og`ir deya baholashmoqda. 

Ushbu dahshatli sport turining o`tkazilishiga ko`plab odamlar qarshi chiqishsada, har yili Ispaniyada ikki mingga yaqin buqa jangi o`tkaziladi. Biroq buqalar jangining ashaddiy muxlislari ko`p. Ular orasida Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy ham. Korrida muxlislari ushbu jang turini tarixiy san`at va millat tarixida chuqur ildiz qoldirgan deb hisoblashmoqda.   

Шарҳлар