sevimli
Sevimli

Ukrainada prezidentlik saylovlari o`tdi

Dunyo 26.05.2014, 10:24
Ukrainada prezidentlik saylovlari o`tdi

25 may kuni Ukrainada prezidentlik saylovlari bo`lib o`tdi.

Ukraina markaziy saylov komissiyasi bergan ma`lumotlarga ko`ra, mamlakat prezidentligiga nomzod milliarder Petr Poroshenkoni 54,8 foiz ovoz beruvchilar qo`llab-quvvatlagan. Bu haqda ITAR-TASS axborot agentligi Ukraina MSK matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda. 

Ushbu ma`lumotlarga ko`ra, Yuliya Timoshenko - 13,25 foiz, Oleg Lyashko - 8,48 foiz, Anatoliy Grisenko - 5,55 foiz, Sergey Tigipko-4,74 foiz, Mixail Dobkin-3,35 foiz ovoz to`plagan. 
Markaziy saylov komissiyaning dastlabki ma`lumotlariga ko`ra, saylovda aholining 60,76 foizi qatnashgan.  

Birinchi bosqichning rasmiy natijalarini markaziy saylov komissiyasi 4 iyungacha e`lon qilishi kutilmoqda.  

Шарҳлар