AsosiyHi-tech

O`zbekistonda yana bir yangi telekanal ochiladi

'O`zbekistonda yana bir yangi telekanal ochiladi'ning rasmi

O`zbekistonda yana bir yangi telekanal paydo bo`ladi. Bu haqida O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligining “Facebook” ijtimoiy tarmog`idagi sahifasida xabar berildi.

Mazkur telekanal axborot texnologiyalari, kommunikasiyalari va innovasiyalarni yoritishga ixtisoslashtiriladi.

Shu munosabat bilan vazirlik “Xabar.uz” axborot-tahliliy portali bilan birgalikda yangi tashkil etilayotgan telekanalda ishlash uchun boshlovchi va jurnalistlar o`rtasida tanlov e`lon qildi.
Ayni chog`da teletasvirchilar, montaj ustalari, grafika ustalari, chiroqchi-texniklar, ovoz operatori ham ishga taklif etilgan.

Mazkur yangi telekanalning nomi va u qachon ishga tushirilishi haqida hozircha ma`lum qilinmayapti.

    Boshqa yangiliklar