AsosiySport

OFK «Markaziy Osiyo» mintaqasi tashkil etildi

10 iyun kuni Braziliyaning San-Paulu shahrida OFKning navbatdan tashqari kongressi bo`lib o`tdi.

Unda OFKga a`zo 46 davlat futbol assosiasiyalari va federasiyalari vakillari, OFK hamda FIFA prezidentlari ishtirok etishdi. Yig`ilishda bir qancha masalalar ko`rib chiqildi.

Jumladan, Kongress a`zolari «Markaziy Osiyo» mintaqasini tashqil qilish borasidagi taklifini tasdiqlashdi. Ushbu mintaqaga Eron, O`zbekiston, Tojikiston, Qirg`iziston, Turkmaniston va Afg`oniston futbol federasiyalari a`zo sifatida qabul qilinishdi, deya xabar beradi O`FF rasmiy sayti. Natijada OFKning «Markaziy va Janubiy Osiyo» mintaqasi ikkiga bo`lindi. Unga ko`ra OFK 2015 yilda bo`lib o`tadigan navbatdagi kongressga qadar OFK Ijroqo`midagi har bir mintaqadagi o`rinlar sonini qayta ko`rib chiqadi.

 

    Boshqa yangiliklar