sevimli
Sevimli

Biznes faoliyatni yaxshilash maqsadida tadbirkorlar uchun so`rovnoma tashkil etildi

Iqtisodiyot 28.03.2018, 14:06
Biznes faoliyatni yaxshilash maqsadida tadbirkorlar uchun so`rovnoma tashkil etildi

O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi, BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) hamda Oliy Majlis Senati bilan hamkorlikda mamlakatda biznes faoliyatini yuritishning shart-sharoitlarini aniqlash maqsadida tadbirkorlar uchun so`rovnoma tashkil etildi. Bu haqda O`zbekiston SSP matbuot xizmati xabar berdi.

"So`rovnoma mamlakat hududlaridagi tadbirkorlik sub`ektlarining faoliyatida yuz berayotgan muammo va to`sqinlik qilayotgan jihatlarni aniqlab olish maqsadida tuzilgan. Ushbu so`rovnoma natijalari asosida O`zbekistonda biznes yuritish muhitini yaxshilash maqsadida hukumat, mas`ul vazirlik va idoralar, davlat organlari uchun tavsiyalar ishlab chiqiladi", — deyiladi xabarda.

O`zbekiston Respublikasida biznes faoliyatini yuritiyotgan tadbirkorlar ushbu so`rovnomada ishtirok etishga taklif etiladi. So`rovnomani o`tkazish 1 aprelgacha davom etadi.

Jahon bankining "Doing Business-2018" reyting ko`rsatkichi O`zbekistonda biznes faoliyatini yuritishning shart-sharoitlarini baholab, respublika 190 mamlakat orasida 74-o`rinni egallaganligi ma`lum qilgandi.

SSPning qayd etishicha, bu ko`rsatkich O`zbekistonning "Doing Business-2017" hisobotidagi o`rniga qaraganda yaxshiroq bo`lishiga qaramasdan, joylardagi ayrim shart-sharoitlar yaxshilanishi kerakligini bildiradi.

Шарҳлар