Долзарб мавзулар Foto

Shahzoda Matchonova Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi bo`ldi!

Бўлимлар: Shou-biznes, Madaniyat
Теглар: Foto, Shahzoda
Добавлено: 29.04.2018, 12:16

Shahzoda Matchonova Qirg`izistonda o`tkazilgan xalqaro kinomukofotga nomzod bo`lgani haqida, o`zining instagram sahifasi orqali xabar bergan edi...

26 aprel kuni bo`lib o`tgan tadbirdan xushxabar keldi. O`zbek aktrisasi Bishkekda bo`lib o`tgan “Ak Ilbirs” Milliy kinomukofotida ishtirok etib, “Ma`suma” (rejissyor Yolqin To`ychiev) filmi uchun “Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi” e`tirofiga sazovor bo`ldi.

Do`stlari ham instagramdagi aktrisaning bu e`lonini ko`rib, uni tabriklashmoqda.

Biz ham o`z o`rnida Shahzodani ushbu yutuqqa erishgani bilan qutlab, yanada yuksak parvoz tilab qolamiz.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA